Rossiya

Rossiyada oʻsmirlar uchun vaktsina roʻyxatdan oʻtkazildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishVaktsina "Sputnik Layt",
Vaktsina Sputnik Layt, - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2021
Rossiyada oʻsmirlar uchun moʻljallangan "Sputnik-M" vaktsinasi rasman roʻyxatga olindi.
TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. Rossiyada COVID-19ga qarshi 12-17 yoshli oʻsmirlar uchun moʻljallangan "Sputnik-M" vaktsinasi roʻyhatdan oʻtkazildi. Bu haqida gamaleya nomidagi Epidemiologiya ilmiy markazi direktori oʻrinbosari Denis Logunov xabar qildi.
"Bugun "Sputnik"dan bolalar uchun foydalanishga ruxrat olindi. Vaktsina roʻyxatdan oʻtkazildi", - dedi Logunov brifingda.
Eslatib oʻtamiz, oktyabr oyining oʻrtalarida Gamaleya nomidagi ITM direktori Aleksandr Gintsburg RIA Novostiga bolalar uchun ishlab chiqarilayotgan vaktsina "Sputnik M", deb nomlanishi mumkinligini xabar qilgan edi. Vaktsina nomidagi "M" harfi "dlya malenkix", maʼnosini anglatishini xabar qilgan edi.
Rossiya Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Aleksey Kuznetsov aytishiga koʻra, bolalarni emlash ixtiyoriy ravishda boʻladi. Buning uchun ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillarining ruxsati talab etiladi.
Rossiya Sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko aytishiga koʻra, emlash COVID-19dan himoyalanishning eng samarali chorasi boʻlib qolayotgani haqida xabar qilgan edi. Bugungi kunda kasalxonada ogʻir ahvolda davolanayotganlarning aksariyati - vaktsina olmaganlar.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda bolalarni emlash allaqachon boshlangan. Sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, bugungi kunga qadar Pfizer/BionTech vaktsinasi bilan emlangan bolalar soni 312 mingdan ortib ketgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala