Toshkentning ikki tuman aholisi vaqtincha gazsiz qoladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGazovaya konforka
Gazovaya konforka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2021
Obuna bo‘lish
Shayxontohur va Yangihayot tumanlaridagi ayrim xonadonlarda tabiiy gaz vaqtincha bo‘lmaydi.
TOShKENT, 24 noya – Sputnik. Toshkentning Shayxontohur va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlarida gaz taqsimlash punktini ta’mirlash rejalashtirilgan.
“Hududgaz Poytaxt” ta’minoti filiali matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu bois quyidagi ko‘chalarda vaqtincha tabiiy gaz ta’minoti uziladi:
24 noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Shayxontohur tumanidagi Nurobod ko‘chasidagi 43 ta xonadonlarda;
24 noyabr kuni soat 11:00 dan 18:00 ga qadar Yangihayot tumanidagi Olchazor, Birlik, Sergeli 11, Lutfikor ko‘chalaridagi 320 ta yerli xonadonlar hamda 7 ta ulgurji iste’molchilarida.
Xabarda ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanishi qo‘shimcha qilingan.
Yangiliklar lentasi
0