Xabarovsk o‘lkasida qalin qor yog‘di - video

Obuna bo‘lish
Kutilmaganda yoqqan qalin qor Habarovskda avtomobil va aviatsiya transporti harakatini chekladi. Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.
TOShKENT, 24 noya - Sputnik. Xabarovsk o‘lkasiga 22-noyabr kuni yopirilgan qalin qor sikloni oqibatida avtomobil va aviatsiya transporti harakati buzildi.
Bir necha trassalarda yo‘lovchi avtobuslar qatnovi cheklandi, Moskva, Yujno-Saxalinsk, Irkutsk va boshqa shaharlardan Xabarvsk tomon yo‘l olgan oltita yo‘lovchi samolyotlari boshqa aeroportlarga yo‘naltirildi.
Xabarovsk - Birobidjan, Xabarovsk - Lidoga - Vanino va Xabarovsk - Bikin yo‘nalishlarida avtobuslar harakati vaqtincha cheklandi.
Yo‘llarda yengil avtomobillar harakatlanishida ham muammolar kuzatilmoqda. Ularga yordam berish uchun FVVning Amur qutqaruv markazining qidiruv-qutqaruv otradlari navbatchiligi tashkil qilingan.
Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0