Jamiyat

Nima uchun har kuni karam isteʼmol qilish kerak

© East FruitKapusta
Kapusta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.11.2021
Karam vitaminlar bilan taʼminlaydi, yalligʻlanishni davolaydi va ortiqcha vaznni kamaytiradi.
TOSHKENT, 25 noya – Sputnik. Garvard olimlari odamlarga har kuni karam tanovul qilishni maslahat berishadi. Ular aytishiga koʻra, yarim tarelka karam S vitaminiga boʻlgan kunlik ehtiyojning 45%ini qondiradi. Sputnik Armaniston karamni har kun yeyish uchun beshta sabab topishdi.

Vitamin va minerallar

Izlanishlarda maʼlum boʻlishicha, karam tarkibida S vitaminindan tashqari boshqa koʻplab vitaminlar va minerallar ham bor. Ayniqsa A vitamini va kaliy. Shuningdek karamning barcha turlari ajoyib kletchatka manbai hisoblanadi.
“Manfiy” kaloriyalik
Har qanday sabzavot ham oʻzining hazm boʻlishi uchun sarflangan energiya undan olinayotgan energiyadan koʻpligi bilan maqtana olmaydi. Bir tovoq toʻgʻralgan karamda esa, atigi 22 kaloriya bor. Agar siz vazn tashlashni orzu qilayotgan boʻlsangiz, taomnomangizdagi ayrim yuqor kaloriyali ingrediyentlarni karamga almashtirishga harakat qilib koʻring.
Masalan, buterbrodni non boʻlagi ustiga emas, karam bargiga oʻrab tayyorlang. YO boʻlmasam lagʻmon oʻrniga maydalangan karam isteʼmol qiling.
Yalligʻlanishga qarshi va virusga qarshi taʼsiri
Qizil karamda flavonoidlar juda koʻp. Ular karamga noodatiy qizil rang berib turadi. Lekin ularning asosiy foydasi – juda kuchli yalligʻlanishga, viruslarga va saratonga qarshi kurashish xususiyatlaridir. Qizil karamdan tayyorlangan salat kasallik rivojlanishini oldini olishi mumkin. Garvard olimlari qizil karamdan foydali taomnoma taklif qilishmoqda:
Yarimta qizil karamni maydalab toʻgʻrab, bir necha tomchi zaytun yogʻi va olma sirkasiga aralashtiring. Unga tuz va qalampir qoʻshing. Foydasi yanada koʻproq boʻlishi uchun biroz qirilgan sabzi qoʻshing.

Kletchatka manbai

Tarkibida kletchatka miqdori boʻyicha rekordchi – Pekin karami. Undan koʻpincha suyuq ovqat va qovurmalarda foydalaniladi. Pekin (yoki Xitoy) karamining ikkinchi nomi Napa boʻlib, u ozuqa tolalariga juda boy.
Hazm boʻladigan kletchatka inson organizmida xolesterin miqdorini kamaytiradi va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Hazm boʻlmaydigan kletchatka esa – ovqat hazm qilishni yengillashtiradi va organizmning umumiy holatini yaxshilaydi.
Shuningdek, pekin karami qandli diabet kasali borlar uchun juda foydali. Uni isteʼmol qilgan kishi uzoq vaqt davomida oʻzini toʻq sezishi mumkin.

Harorat nazoratchisi

Rivoyatga koʻra, beysbolchi Beyb Rut har doim oʻyindan oldin bosh kiyimi ostiga sovutilgan karam barglaridan bir nechtasini qoʻyib olgan. Shu tariqa u jazirama issiq kunlarda junli uniformada oʻzini yaxshiroq his qilgan. Eksper aytishiga koʻra, sovutilgan karam barglari shamollagan kishining tana haroratini tushirishda ham foyda berishi mumkin. Karam barglari bosh ogʻrigʻini ham kamaytirishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala