Hodisalar

Nukusda talaba is gazidan zaharlanib, vafot etdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoщi
Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.11.2021
U Nukus Davlat pedagogika institutining talabasi boʻlgan va ijarada turgan.
TOSHKENT, 25 noya – Sputnik. Nukusdagi koʻpqavatli uylarning birida talaba yigit is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, 24 noyabr kuni soat 07:00 larda Nukus Davlat pedagogika institutining talabasi R.R. ijaradagi xonadonida oʻrnatilgan isitish qozoni otashxonasidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Nukus shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib bormoqda.
Tekshirish harakatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.11.2021
Hodisalar
Fargʻonada ota va bola is gazidan zaharlanib vafot etdi
Eslatib oʻtamiz, 27 fevral kuni Toshkentning Yunusobod tumanidagi uylarning birida ijarada yashovchi besh nafar talaba is gazidan zaharlanib, vafot etgan edi. Talabalar bilan qonuniy ijara shartnomasi tuzmay, ularni odam hayoti uchun xavfli va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagan uyiga ijaraga qoʻygan ayol jinoiy javobgarlikka tortilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala