Iqtisod

Oʻzbekistonda arzon chiptali hududiy aviakompaniya tashkil qilindi

© www.uzairways.comSamolet uzbekskix avialiniy
Samolet uzbekskix avialiniy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.11.2021
Yangi aviakompaniya Oʻzbekistonda shaharlararo parvozlarni yoʻlga qoʻyadi va uning chiptalari narxi temir yoʻl biletiga teng boʻladi.
TOSHKENT, 25 noya - Sputnik. Oʻzbekiston transport vazirligi tashabbusi bilan Uzbekistan Airports shoʻʼba korxona – Silk Avia hududiy aviakompaniyasini tashkil qilmoqda. Kompaniya oʻz parvozlarini kelgusi yilda boshlaydi, deb xabar qilmoqda AJ matbuot xizmati.

Silk Avia aviakompaniyasi ushbu yilning sentyabr oyida roʻyxatdan oʻtkazilgan. Aytish joizki, Silk Avia oʻini milliy aviatashuvchi Uzbekistan Airwaysning raqibi sifatida taqdim etmayapti, u faqatgina ichki parvozlarni tashkil qiluvchi hamkor sifatida ishtirok etmoqda, - deyilgan xabarda.

Hududiy aviakompaniya tashkil qilish Oʻzbekistonda biznes faollikni qoʻllab-quvvatlash, ichki turizmni rivojlantirish uchun sharoit yaratish yoʻlida muhim qadamdir. Yangi kompaniya tashkil etish natijasida aholining aviatsion harakatchanligi oshadi, fuqaro boshiga toʻgʻri kelayotgan parvozlar soni oshadi.
“Biz bozorda aholini arzon narxlarda ichki parvozlar bilan taʼminlaydigan aviakompaniya tashkil qilishni maqsad qilgan edik. Yaqin vaqtgacha Oʻzbekiston shaharlarini bir-biri bilan bogʻlaydigan toʻgʻridan-toʻgʻri parvozlar yoʻqligi katta muammo boʻlayotgandi. Masalan, Samarqanddan Xorazmga borish uchun Toshkent orqali uchishga toʻgʻri kelayotgan edi.
Bizning vazifamiz ichki parvozlarni nafaqat poytaxtdan viloyatlarga (point to hub) tamoyili asosida tashkil qilish, balkim viloyatlar orasida ham (point to point) tashkil qilishdir.

Biz 70-ga yaqin yoʻlovchi tashish imkoniga ega boʻlgan samolyotlar yordamida hududlarda 40ga yaqin yoʻnalishlarni rivojlantirishni rejalashtirganmiz. Bunda chiptalar narxi temiryoʻl biletiga teng boʻladi. Bu ichki turizmni rivojlantirish uchun ham ijobiy taʼsir qiladi”, - deydi Uzbekistan Airports boshqaruv raisi Rano Joʻrayeva.

Yangi aviakompaniyasi hududiy aeroportlarni rivojlantirish uchun ham kerak. Shu sababli birinchi bosqichda uni Uzbekistan Airports boshqaruv kompaniyasi tashkil qilmoqda. Kelajakda aviakompaniya xususiy sektorga topshiriladi.
Dubayda 14-18 noyabr kunlari boʻlib oʻtgan Dubai Airshow-2021 koʻrgazmasi doirasida Uzbekistan Airports va HAS Aviation GT LLC kompaniyalari hududiy aviakompaniyaning Strategiyasini ishlab chiqish haqida shartnoma imzolashdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala