Analitika

Pandemiya va iqtisod orasidagi bogʻliqlik susaymoqda – YEOTB

© Sputnik / Vladimir TrefilovDenejnыe kupyurы
Denejnыe kupyurы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.11.2021
Yevroosiyo taraqqiyot banki COVID-19 toʻlqinlari va iqtisodiy vaziyat orasidagi bogʻliqlikni tahlil qildi.
TOSHKENT, 25 noya – Sputnik. Bugungi kunda pandemiya toʻliqnlari dunyodagi iqtisodiy vaziyatga oʻtgan yilga nisbatan kam taʼsir qilmoqda. Yevroosiyo taraqqiyot banki ekspertlari ana shunday xulosaga kelishdi. Oʻz xulosalarini ular “Qayta tiklanishdan barqaror oʻsishgacha” deb nomlangan hisobotda joylashtirishdi.
Tahlil uchun ekspertlar 2021 yilning noyabr oyi statistik maʼlumotlaridan foydalanishdi. Mutaxassislar koronavirus pandemiyasi toʻlqinlaridan bir nechasini oʻrganib chiqishdi va butun dunyo boʻylab kasalliklar soni hamdi iqtisodiy faollik orasidagi bogʻliqlikni payqashga urinishdi.
Bank maʼlumotlarga koʻra, 2020 yil boshidan boshlab aksariyat davlatlar koronavirusning 3-4 toʻlqinini boshidan kechirgan. Kasallikning birinchi toʻlqinlari davridan butun dunyo boʻylab iqtisodning keskin kamayishi kuzatilgan, lekin unda iqtisodiy inqiroz koʻlami epidemiya toʻlqini kuchiga bogʻliqligi kuzatilmagan.
“Pandemiyaning dastlabki toʻlqinlari boshlanish vaqti deyarli barcha mamlakatlar uchun bir xil boʻlgani sababli, uning iqtisodiy oqibatlari ham davlatlarning oʻzaro iqtisodiy aloqalari darajasiga bogʻliq boʻlgan. Undan tashqari pandemiya boshi keskin, aksariyat hollarda oldini olishga qaratilgan choralar vaqti boʻldi. Ular vaqtda kasallanish holatlari va iqtisodiy faollik orasidagi aloqalarni ham buzib koʻrsatardi”, - deydi ekspertlar.
© SputnikPandemiya toʻlqinlari va iqtisodiy faollik
Pandemiya toʻlqinlari va iqtisodiy faollik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.11.2021
Pandemiya toʻlqinlari va iqtisodiy faollik
Pandemiyaning ikkinchi toʻlqini darida dunyoning aksariyat iqtisodlari sekinlashdi, lekin toʻxtab qolmadi. Shu bilan birga kasallar soni va iqtisodiy faollik orasida bogʻliqlik kuzatildi.
Uchinchi toʻlqin esa iqtisodga kuchli taʼsir qilmadi. Buning sabablari turlicha boʻlishi mumkin: samarlirok epidemiologik choralar qabul qilish, aholi va biznesnining moslashuvi, shuningdek iqtisod tarkibining oʻzgarishi.
YEOTB tahlilchilari xulosasiga koʻra, butun dunyoda vaktsinatsiya boʻyicha kampaniyaning boshlanishi juda muhim omildir.
“Izlanish yakunida olingan asosiy xulosa shundan iboratki, pandemiya davomida epidemiya toʻlqinlari va iqtisodiy faollik dinamikasi orasida bogʻliqlik kamayib borgan”,- deyilgan hisobotda.
Ekspertlar xulosasiga koʻra, kasallik toʻlqinlari va iqtisodiy faolllik dinamikasi orasidagi bogʻliqlikning susayishi iqtisodiy tahlil va prognozlar uchun juda muhimdir. Shunday boʻlsa-da, mutaxassislar faqat qisqa davr ichidagi voqealarni oʻrganishganini va pandemiyaning iqtisod uchun uzoq muddatli taʼsiri hozircha nomaʼlum ekanini aytishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala