Jamiyat

Qaysi hokimlik talabalarga kontraktini toʻlab berishda yetakchi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.11.2021
Yoshlar ishlari agentligi viloyat hokimliklari bilan hamkorlikda “Talabaga madad” loyihasini boshlashgan edi.
TOSHKENT, 25 noya – Sputnik. “Talabaga madad” talaba-yoshlarning kontraktini toʻlab, ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha eng faol hokimliklar reytingi eʼlon qilindi.
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayevning maʼlum qilishicha, iqtisodiy-ijtimoiy muammolarga duch kelayotgan, iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida qaysi "tuman-shahar hokimlari eng faol ekani", hududlarga nisbatan eng koʻp talabaga yordam bergan hokimlar reytingi shakllantirilgan.
Reytingga koʻra, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani hokimligi eng koʻp talabaga moddiy koʻmak koʻrsatgan (242 nafar talaba — 662,7 million soʻm). Eng koʻp kontrakt miqdorini esa Navoiy shahri hokimligi toʻlagan (176 nafar talaba — 807,2 million soʻm).
© Facebook / Alisher SadullaevTalabalarga kontraktini toʻlab bergan hokimliklar reytingi
Talabalarga kontraktini toʻlab bergan hokimliklar reytingi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.11.2021
Talabalarga kontraktini toʻlab bergan hokimliklar reytingi
Avvalroq Yoshlar ishlari agentligi viloyat hokimliklari bilan hamkorlikda “Talabaga madad” loyihasini eʼlon qilgan edi.

Bunda oliygohlarning bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil oladigan talaba-yoshlarning toʻlov-kontrakti miqdorining 50 foizgacha miqdori toʻlab beriladi. Bu loyiha 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan talabalarga moʻljallangan.
Mazkur imkoniyatdan foydalanish uchun quyidagi havola orqali tizimdan roʻyxatdan oʻtish lozim.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala