Jamiyat

Rossiyadan birinchi “Agroekspress” poyezdi Toshkentga yetib keldi

© Sputnik / Igor OnuchinJeleznodorojnыe puti sortirovochnoy stantsii
Jeleznodorojnыe puti sortirovochnoy stantsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.11.2021
Rossiyadan birinchi “Agroekspress” poyezdi "Toshkent-Markaziy” vokzaliga yetib keldi.
TOSHKENT, 25 noya — Sputnik. Rossiyadan birinchi “Agroekspress” poyezdi "Toshkent-Markaziy” vokzaliga yetib keldi, deb xabar qildi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.
Regionы Rossii. Vladimirskaya oblast - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.11.2021
Iqtisod
Rossiyadan Oʻzbekistonga birinchi “Agroekspress” yoʻlga chiqdi – u nima olib kelmoqda?
Qayd etilishicha, loyiha Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida logistika koridorlarini rivojlantirish boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish doirasida amalga oshirilgan.
“Tsna” (Tambov, Rossiya) yuk stantsiyasidan Qozogʻiston orqali tranzit holda muzlatkichli konteynerlarda yuklar olib kelindi.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ logistika va xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Rustam Muxamedovning soʻzlariga koʻra, agrosanoat kompleksining pilot konteyner partiyasi chegaradan oʻtish va bojxona brokerlarini sinovdan oʻtkazish imkonini berdi.
Bundan tashqari, yoʻlda yuk xavfsizligini, keyingi marshrut uchun nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida tahlil qilish imkonini berdi, deb qoʻshimcha qildi ekspert.
“Agroekspress” - Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi oʻzaro tashqi savdoni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshishi va mamlakatlar oʻrtasidagi yuk aylanmasi koʻpaytirish koʻzda tutilgan.
Shu poyezd noyabr oyi oxirida Oʻzbekistondan meva bilan Rossiyaga qaytishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala