Rossiyalik blogerlar migrantga yangi Kia Rio sovg‘a qilishdi – video

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishAvtomobilniy potok v Moskve.
Avtomobilniy potok v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyalik blogerlar taksi haydovchisiga yangi avtomobil sovg‘a qilishdi.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Rossiyalik blogerlar qirg‘izistonlik taksi haydovchisiga yangi avtomobil sovg‘a qilishdi.
Guseyn Gasanov va Arutun Nazaran eksperiment o‘tkazishdi – ular taksini to‘xtatib, “bu zudlik bilan manzilga borish kerak, lekin hamonni unutib qo‘yishdi” deb, haydovchi tekinga olib keta oladimi, deb so‘rashdi.
“Kim birinchi bo‘lib rozi bo‘lsa, o‘sha yangi mashina oladi”, – dedi Gasanov eksperiment boshida.
Bir necha marta rad javobidan keyin ular qirg‘izistonlik haydovchiga duch kelishdi - u yigitlarni tekinga olib borishga rozi bo‘ldi. Unga yangi Kia Rio sovg‘a qilishdi. Taksi haydovchisi darhol uyiga videoaloqa orqali qo‘ng‘iroq qildi va ularga yangilikni aytganda ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi.
Yangiliklar lentasi
0