Jamiyat

Shermatov: IMEI᾽ni roʻyxatdan oʻtkazishni osonlashtirish yoʻllarini topishimiz kerak

© Press-slujba Ministerstva IKT UzbekistanaMinistr po razvitiyu informatsionnыx texnologiy i kommunikatsiy Sherzod Shermatov.
Ministr po razvitiyu informatsionnыx texnologiy i kommunikatsiy Sherzod Shermatov. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.11.2021
Yaqinda mobil telefon raqamlarini koʻchirish tizimi loyihasini ishga tushirish kutilmoqda.
TOSHKENT, 25 noya – Sputnik. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov fuqarolar uchun IMEI kodlarini roʻyxatdan oʻtkazishni osonlashtirish yoʻllarini topishga chaqirdi.
Yaqinda ushbu lavozimga tayinlangan Shermatov bu taklifni Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markaziga tashrifi davomida maʼlum qildi.

“IMEI kodlarini roʻyxatdan oʻtkazish jarayonini isteʼmolchilar uchun yanada osonlashtirish yoʻllarini topishimiz va unga koʻra, fuqarolar xizmatlardan oson va qulay foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak. Buning uchun barcha choralarni koʻrish zarur”, ­- dedi Sherzod Shermatov.

Vazir markaz faoliyati bilan tanishib, ishga tushurilishi rejalashtirilgan loyihalarni koʻrib chiqdi. Yaqin kelajakda amalga oshirilayotgan loyihalar qatorida mobil telefon raqamlarini koʻchirish tizimi loyihasi ham bor.
IMEI kod haqida savollar va javoblar - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.01.2021
Infografika
IMEI kod aslida nima uchun kerak?
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala