Toshkent metrosida jetonlardan foydalanish qachon to‘xtatiladi

© MintransJeton Tashkentskogo metropolitena
Jeton Tashkentskogo metropolitena - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2021
Obuna bo‘lish
1 dekabrdan Toshkent metropolitenida jetonlarni qabul qilish to‘xtatiladi.
TOShKENT, 25 noya – Sputnik. 1 dekabrdan boshlab Toshkent metropolitenida yo‘l haqini to‘lash uchun jetonlarni qabul qilish to‘xtatiladi. Bu haqda poytaxt metropoliteni matbuot xizmati xabar berdi.
2020 yilning noyabridan boshlab Toshkent metropolitenida yo‘lovchilar uchun jetonlarni sotish to‘xtatilib, avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi joriy etilgan edi. Mazkur qaror yo‘lovchilarning yagona transport kartalari orqali yo‘l haqi to‘lovlarni amalga oshirish ko‘lamini kengaytirish, avtomatlashtirilgan tizimning to‘laqonli ishlab ketish jarayonini tezlashtirish, shuningdek, jamoat transportida naqd pul muomalasidan voz kechish maqsadida qabul qilingan. Shu bilan birga aholidagi mavjud jetonlar qabul qilinishi davom etib kelingan.
“2021 yilning 1-dekabr sanasidan boshlab Toshkent metropolitenida yo‘l haqini to‘lash uchun jetonlarni qabul qilish to‘xtatilishini ma’lum qilamiz”, - deyilgan xabarda.
Ma’lum qilinishicha, to‘lov tizimida qulaylik yaratish maqsadida Toshkent metropolitenining barcha bekatlari QR kodli chipta, transport va bank kartalari hamda NFC funksiyalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi statsionar validatorlar bilan jihozlangan.
Avvalroq Toshkent metrosida Face Pay tizimi sinovdan o‘tkazilayotgani xabar qilingan edi.
 Pervie passajiri sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
Toshkent metrosida Face Pay tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda
Yangiliklar lentasi
0