Jamiyat

Toshkentda Italiya universiteti filiali tashkil etildi

© Unsplash / Changbok KoPustaya auditoriya
Pustaya auditoriya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.11.2021
Filialda geologiya boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi, geologiya yoʻnalishida tadqiqotlar oʻtkaziladi.
TOSHKENT, 25 noya – Sputnik. Toshkent shahrida Italiyaning Piza universiteti filiali tashkil etildi. Hukumat tegishli qarorni qabul qildi.
Filialda geologiya boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi, geologiya yoʻnalishida tadqiqotlar oʻtkaziladi va ularning natijalari amaliyotga joriy etiladi.
Filialda taʼlim 2022/2023 oʻquv yilidan kunduzgi shaklda oʻzbek, ingliz va rus tillarida kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Bitiruvchilariga Piza universiteti diplomiga ega boʻlishadi.
Qabul paramertlari mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda Rossiya OTMlarining yana 10 ta filiali ochilishi maʼlum qilingan edi. Hozir mamlakatda ular soni 15 tani tashkil etmoqda. 2022/2023-oʻquv yilida Rossiyada oliygohlarida oʻzbekistonliklar uchun kvotalar soni uch baravarga koʻpaytiriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala