Turkmaniston bilan chegaradagi 2 ta o‘tkazish punkti ishi qayta tiklanmoqda

© Press-slujba Mintransa UzbekistanaVozobnovlyayetsya rabota dvux KPP na granitse s Turkmenistanom
Vozobnovlyayetsya rabota dvux KPP na granitse s Turkmenistanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2021
Obuna bo‘lish
Gap 2020-yilda koronavirus pandemiyasi sababli yopilgan "Xo‘jayli — Kunya-Urgench" hamda "Shovot — Dashoguz" chegara o‘tkazish punktlari haqida bormoqda.
TOShKENT, 25 noya – Sputnik. O‘zbekiston va Turkmaniston mutasaddilari birgalikda 26-noyabrdan boshlab davlat chegarasi orqali ikkita o‘tkazish punkti faoliyatini tiklash ustida ish olib bormoqda. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Gap "Xo‘jayli — Kunya-Urgench" hamda "Shovot — Dashoguz" chegara o‘tkazish punktlari haqida bormoqda. Punktlar 2020-yilda koronavirus pandemiyasi sababli yopilgan edi

Ular hozir xalqaro yuk tashuvlari uchun faoliyat yuritayotgan "Olot" chegara o‘tkazish punktiga qo‘shimcha bo‘lishi kerak.
Qayd etilishicha, 26-noyabrdan sanitariya-epidemiologiya tadbirlariga qat’iy rioya etgan holda neytral zonada tirkama va yarim tirkamalarni kontaktsiz almashish yo‘li bilan qayta tiklanishi kutilmoqda. Ikki punktning neytral zonalarida sinov yuk tashuvlari 25-noyabr kuni amalga oshirilgan.
Vazirlik bu boradagi kelishuv 18-noyabr kuni onlayn bo‘lib o‘tgan transport va logistika masalalari bo‘yicha o‘zbek-turkman ishchi guruhining uchrashuvida erishilganini qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi nazorat o‘tkazish punkti vaqtinchalik yopilishi xabar qilingan edi.
Uzbekistan i Turkmenistan rasschitivayut podpisat soglashenie o sozdanii i regulirovanii deyatelnosti zoni prigranichnoy torgovli. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2021
O‘zbekiston-Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish loyihasi yakuniga yetkaziladi
Yangiliklar lentasi
0