Analitika

Xalqaro banklar Oʻzbekiston energetika tizimiga $ 4,7 mlrd sarmoya kiritdi

© Sputnik / A. Volkov / Fotobankka oʻtishCharvakskaya GES v Uzbekistane
Charvakskaya GES v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.11.2021
Markaziy Osiyo hududida suv eneregetika tizimiga koʻp tomonli banklar investitsiyalari miqdori boʻyicha Oʻzbekiston birinchi oʻrinda.
TOSHKENT, 25 noya – Sputnik. Koʻp tomonli rivojlanish banklari (xalqaro banklar) Oʻzbekiston eneregetika tizimiga $4,7 mlrd. sarmoya kiritdi. Bu Markaziy Osiyo boʻyicha eng yuqori koʻrsatgich. Yevroosiyo rivojlanish banki hisobotiga koʻra, KTRBlarning 46,3% investitsiyalari hududning suv-energetika majmuasiga (SEM) toʻgʻri kelmoqda.
YEOTB tahlilchilari Markaziy Osiyoning besh respublikasi - Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistonda suv energetika tizimining holatini tahlil qilib chiqishdi. Tahlillar natijalariga koʻra, sohani rivojlantirish boʻyicha bank oʻz tavsiyalarini berdi. Batafsil Sputnikmaqolasida tanishing.

Energetik inqiroz sabablari

Mutaxassislar fikriga koʻra, hududning suv-energetika tizimidagi muammolarning asosiy sababi – uning boshidan yagona tizim sifatida qurilgani va shunday ishlagani. Hudud ichida elektr energiyasini oʻzaro toʻldirish va taqsimlash mexanizmi ishlagan.
Lekin SSSR tarqalib ketganidan soʻng yagona energetika tizim yoʻqoldi. Natijada elektr energiyasi ishlab chiqauvchi davlatlar qish vaqtida suv omborlaridan koʻproq suv chiqara boshladi. Shunday yoʻl bilan ular elektr energiyasiga oʻsib borayotgan talabni qondirishga uringan.
Buning oqibatida esa hatto yogʻingarchilik koʻp boʻlgan yillarda ham suv omborlarida suv tanqisligi yuzaga kela boshladi. Aholi soni oshishi va sanoat rivojlanishi oqibatida energotizimlarda avariya holatlari koʻpaydi.
Yagona energetika majmuasining buzilishgi moliyaviy yoʻqotishlarga ham olib keldi. YEOTB baholashiga koʻra hudud har yili 4,5 mlrd. $ zarar koʻrmoqda yoki daromadini yoʻqotmoqda.
Mustaqillik yillarida hudud davlatlari oʻzlarining elektr ishlab chiqaruvchi korxonalarini faol qurishni yoki zamonaviylashtirishni boshladi.
“Soʻnggi yigirma yil ichida energetika tizimlari oʻzini oʻzi taʼminlashga qaratilgan maqsadga deyarli erishilgan. Natijada Markaziy Osiyo davlatlarning qoʻshma energetika quvvatlari 42,2 GVtdan (1992) 53,8 GVtgacha (2020) oshdi”, - deyilgan hisobotda.

Suv energetika tizimiga sarmoyalar

Barcha davlatlarda energetika sektori bilan bogʻliq milliy dasturlar rivojlanmoqda. Ularda asosiy rolda davlat ishtirok etmoqda.
YEOTB maʼlumotlariga koʻra, suv-energetika tizimiga eng koʻp sarmoya kiritgan davlat bu Qozogʻiston ($2,783 mlrd. yoki YAIMning 1,6%) va Oʻzbekiston ($1,377 mlrd yoki YAIMning 2,4%). Tojikiston SEMga $507 mln, Qirgʻiziston esa – $89 mln. sarmoya kiritgan.
Markaziy Osiyoda suv energetika tizimi xususiy investorlar orasida ommaviy emas. Shu sababli koʻp tomonlama moliya tashkilotlari muhim sarmoya manbai boʻlib qolmoqda. Maslalan Jahon banki, OTB va YEOTB. Xalqaro banklar sarmoyalari soni boʻyicha yetakchi – Oʻzbekiston. Barcha sarmoyalarning 46,3% yokim $4,7 mlrd. uning hisobiga toʻgʻri kelmoqda.
Ayni damda hududda umumiy qiymati $10,2 mlrd. boʻlgan 104 loyiha amalga oshirilmqda.
YEOTB prognoziga koʻra, energetika sohasida rejalashtirilgan barcha loyihalar amalga oshsa, yaqin oʻn yillikda elektro energiya defitsiti sodir boʻlmaydi.

Prognozlar

Yaqin yillarda SEMning asosiy muammosi suv manbaalarining tanqisligi bilan bogʻliq boʻladi. Hududdagi har bir davlat tomonidan suv isteʼmoli 1960 yillardan buyon oshib bormoqda. Bunga sabab aholi soni, sanoat va qishloq xoʻjaligining oʻsishi. Shu sababli Markaziy Osiyo davlatlari uchun ayni damda chegaralar orqali oqib oʻtayotgan suv manbaalaridan foydalanish boʻyicha kelishib olish juda muhim.
YEOTB tahlilchilari suv siyosati hududda iqtisodiy integratsiyaning amal qiluvchi faktoriga aylanishi mumkinligini xabar qilishmoqda. Davlatlarning oʻzaro savdo-iqtisodiy aloqalari mustahkamlanishi chegaralar orqali oʻtgan suv manbaalaridan foydalanish muammosini hal qilishi kerak.
Markaziy Osiyo davlatlari hududiy elektr energiyasi bozorini tashkil qilishda zamonaviy yondashuvlarni topishlari kerak. Bunday yondashuvlar suv va elektrga boʻlgan ehtiyojlarni eng ekologik va ekonomik uslublar bilan qondirishi kerak. Buning uchun esa elektr energiyasi tariflariga narx qoʻyishda umumiy yondashuv hamda raqamlashtirishni rivojlantirishoʻ kerak.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston energetika sohasini zamonaviylashtirish tomon yoʻnalish olgan. Xususan 2025 yilda Respublikada umumiy quvvati 7331 MVt qoʻshimcha 18ta elektr stantsiya ishga tushiriladi. Birinchi quyosh elektr stantsiyasi Navoiy viloyatida allaqachon ishga tushgan. Taqsimlovchi elektr stantsiyalar ham zamonaviylashtiriladi va yangillari quriladi.
Kelgusi yilda hududda birinchi atom elektr stantsiyasi uchun ikki energoblok qurilishi boshlanadi. Rossiya tomonidan loyihada “Rosatom” davlat korporatsiyasi ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala