Jamiyat

JSST koronavirusning yangi shtammi tufayli favqulodda majlis chaqirdi

© Sputnik / Aleksey VitvitskiyZdaniye shtab-kvartirы Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya v Jeneve.
Zdaniye shtab-kvartirы Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya v Jeneve.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.11.2021
Isroil va Buyuk Britaniya virusning yangi shtammi tufayli Janubiy Afrika va Botsvanadan parvozlarni qabul qilishni toʻxtatdi.
TOSHKENT, 26 noya — Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti juma kuni Janubiy Afrikada topilgan koronavirusning yangi shtammi borasida favqulodda majlis chaqirdi. Bu haqida tashkilot vakili Mariya Van Kerkxove maʼlum qildi.
COVID-19ning JAR, Botsvana va Gonkongda aniqlangan yangi B.1.1.529. shtammi oʻnlab mutatsiyalarga ega boʻlib, ularning ayrimlari mavjud vaktsinalarga nisbatan immunitetga ega ekanligigi aniqlangan.
"Biz hozircha yangi shtamm haqida yetarli maʼlumotga ega emasmiz. Hozircha uning 100dan kam genetik ketma-ketligi aniqlangan xolos. Lekin biz aniq bilamizki ushbu virusning mutatsiyalari juda koʻp", - dedi Van Kerkxove.
JSST vakili xabar qilishiga koʻra, ekspertlar guruhi virusning ushbu evolyutsiyasini oʻrganib chiqadi va u qanday xavflar keltirib chiqarishi mumkinligini aniqlaydi. Agar aniqlangan natijalar biror xatar uygʻotgan taqdirda uni grek alifbosining harfi bilan atashadi.
Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Isroil va Buyuk Britaniya virusning yangi shtammi tufayli Janubiy Afrika va Botsvanadan parvozlarni qabul qilishni toʻxtatganini maʼlum qilgan edi.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda butun dunyoda zaralangan kishilar soni 258 milliondan oshib ketdi. Ulardan 5 millionidan ortigʻi vafot etdi. Bugungi kunda pandemiya bilan bogʻliq eng ogʻir vaziyat AQSH, Hindiston, Braziliya va Buyuk Britaniyada. Rossiya ushbu roʻyxatda beshinchi oʻrinda.
Svyaщenniki gotovyatsya k molitve na festivale Sanja Matsuri v Tokio - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.11.2021
Analitika
Yaponiyada delta-shtamm oʻz-oʻzidan yoʻqoldi. Olimlar buning sirini oʻrganmoqda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala