Madaniyatni rivojlantirish fondi Tretyakov galereyasi bilan shartnoma imzoladi

© Sputnik / Vladimir VatkinGosudarstvennaya Tretyakovskaya galereya
Gosudarstvennaya Tretyakovskaya galereya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2021
Obuna bo‘lish
Ushbu shartnoma O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish fondiga xalqro miqyosda hamkorlikni rivojlantirish imkonini beradi.
TOShKENT, 26 noya - Sputnik. Dubayda bo‘lib o‘tgan EKSPO 2020 ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish fondi hamda Rossiyaning Davlat Tretyakov galereyasi orasida I.V. Saviskiy nomli San’at muzeyi kolleksiyasini o‘rganish to‘g‘risidagi shartnomani imzolashdi.
Shartnomaga ko‘ra ikkala tomon quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olishgan:
birgalikda ko‘rgazmalar tashkil etish, ko‘rgazmalar dasturi tuzish;
birgalikda ilmiy forumlar, davra suhbatlari tashkil etish, madaniy-ta’lim tadbirlari uyushtirish;
raqamlashtirish, arxivlashtirish to‘ldirilgan reallik kabi innovatsion tizimlardan birgalikda foydalanish;
birgalikda texnologik, ilmiy-ma’rifiy, madaniy va boshqa loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish;
tarix, madaniyat, muzey ishi sohalarida axborot va tajriba almashish;
muzey hududida ilmiy-izlanishlar, restavratsiya loyihalari va texnologik izlanishlar olib borish;
Va boshqa sohalarda hamkorlik qilish haqida kelishib olishdi.
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish fondi 2017 yilning 16-oktabrida O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan tashkil qilingan. Fondning vazifasi - madaniyat va san’at yo‘nalishidagi loyihalarni rivojlantirish, xalqaro madaniy aloqalarni o‘rnatish. Shuningdek, O‘zbekistonda muzeylarni renovatsiya qilish, madaniyat sohasiga homiylikni rivojlantirish, muzey, teatr va boshqa madaniy muassasalar uchun mutaxassislar tayyorlash.
Tretyakov galereyasi — dunyodagi eng yirik rus tasviriy san’at asarlari to‘plami, Rossiyaning sevimli va eng ko‘p tashrif buyuriladigan muzeyi. Yangi Tretyakov galereyasida XI–XXI asr rus rassomlarining mashhur asaralri bilan bir qatorda 1930 -1950 yillarda rassomlar orasida ommaviy bo‘lgan "rus avangardi" uslubiga mansub asarlarning ham yirik kolleksiyasi saqlanadi.
Saida Mirziyoyeva otkrila v Tretyakovke unikalnuyu vistavku avangardista iz fondov muzeya Saviskogo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2021
Saida Mirziyoyeva Tretyakov galereyasiga nodir asarlarni keltirdi – video
Yangiliklar lentasi
0