“Maxsus xizmat va kiberhujum”: Yevropa AQShdan “ortga urilgan zarba” uchun qasos olmoqchi

© AFP 2023 / Tarik TinazayTureskiy spesnaz
Tureskiy spesnaz  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2021
Obuna bo‘lish
Bitta armiya, bitta shtab va bitta dushman – Yevropa Ittifoqida “Strategik kompas” rejasi sabab bahslashishmoqda.
TOShKENT, 26 noya – Sputnik. Yevropa mamlakatlari o‘zlarining harbiy blokini yaratishadi va bu bilan NATO va AQShdan bo‘lgan qaramlikni kamaytirishadi. Ammo ko‘pchilik qarshi chiqmoqda – turli sabablarga ko‘ra.

“Gibrid urush”

“Yevropani buyuk va haqiqiy mustaqil qilish”, - deya bot-bot takrorlashmoqda Brusselda. U yerda ishonchlari komilki, bunga 2030-yilgacha yangi mudofaa strategiyasi – “Strategik kompas” yordam beradi.
Uni tarzda juda tez ishlab chiqishdi. 2020-yil oxirida Germaniya turli tahdidlardan himoyasining “komplesk choralarini ishlab chiqishni” taklif qildi. Yarim yil o‘tib xomaki ko‘rinishini milliy hukumatlarga ko‘rsatishdi.
2022 martiga kelib esa konsepsiyani tasdiqlashmoqchi. Ittifoqning asosiy amaldorlari hamkasblarini har qachongiga qaraganda shoshiltirishmoqda.
Tahdidlarning o‘tkazilgan tahlili ochiq-oydin ko‘rsatadiki, Yevropa xavf ostida <…> Birinchidan, bizning iqtisodiy imkoniyatlarimiz ko‘proq cheklangan. O‘ttiz yil oldin dunyo boyligining chorak qismi YeIga tegishli edi, yigirma yildan keyin faqat o‘n foizi bo‘ladi. Qolaversa, aholi jadal qisqarib bormoqda: asr oxiriga kelib Yevropada dunyo aholisining atigi besh foizi bo‘ladi”, - deb qo‘rqitmoqda YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha komissari Jozep Borrel.
Afg‘onistondagi voqealar esa “amerikalik hamkorlar” hatto o‘zlarini himoya qila olmasliklarini ko‘rsatdi. Shu bois yevropaliklar mustaqil yopirilib kelayotgan halokatning oldini olishlari shart.
Hujjatda “oxirgi zamon elchisini” belgilab olishdi – Rossiya, mualliflarning fikricha, gibrid urush, dezinformatsiya va kiberhujum taktikasidan foydalanmoqda”. Xitoyni ham til olib o‘tishdi – “iqtisodiy raqobatchi va tizimli dushman”.
Shuning uchun Yevroittifoqiga umumiy strategiya, umumiy mudofaa budjeti va qo‘shinlar lozim – hatto fazoda. 2025-yilga kelib Brussel soni besh ming jangchini tashkil etuvchi yagona tez munosab bildiradigan universial guruh tuzishni rejalashtirmoqda.
“YeI kuchlari kengaytirishning oldingi urinishlari cheklangan muvaffaqiyatga ega bo‘lgan. Yangi strategiya qo‘shinlarimizni yanada tezkor va samarali qiladi”, - deya shubha qilmaydi Borrel. Va misol keltiradi: agar hujjat tayyor bo‘lganida, Polsha-Belarus chegarasidagi migrantlar inqirozini juda tez hal etishgan bo‘lishardi.
NATO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2021
NATOda muammo yuzaga keldi: Belarus taslim bo‘lmayapti
Biroq aynan qanday qilib, amaldor aniqlik kiritmagan. Kim qo‘mondonlik qiladi, kontengintni nima bilan qurollantirishadi, amaliyotlarni qanday muvofiqlashtirishadi kabi savollar ham ochiq qolmoqda. Savollar bisyor. Yevrokomissar ishonchsizlik bilan qarayotganlarga qisqa javob beradi: “Meni qarama-qarshilik qiziqtirmaydi”.

Zulmdan ozod bo‘lish

Bu g‘oyani faqat Brussel jadal ilgari surayotgani yo‘q. Berlin va Parij yangi tizimdan manfaatdor. U yerda ochiqchasiga tashqi kuchlardan “mustaqillikka intilish” haqida gapirishmoqda.
Avvalo NATO nazarda tutilmoqda. Aynan alyans kuchlari, Yevroittifoqi shartnomasiga ko‘ra, qit’aning mudofaa asosi bo‘lib xizmat qiladi. AQSh boshchiligida, albatta.
Amerikaliklar Yevropada Ikkinchi jahon urushidan keyin o‘rnashib olishgan. Guruh soni doimo o‘sib keldi va 1980-yillarda 300 ming kishiga yetdi. Hozir – 60 ming atrofida.
Asosiy kontingent – 34 ming – Germaniyada. U yerda AQSh chegarasidan tashqarida bo‘lgan eng yirik “Ramshtayn” Amerika bazasi bor. So‘nggi yillarda nemis siyosatchilari okean ortidagi mehmonlar haqida yaxshi fikr bildirishmayapti: ularning ko‘p qismi Berlin pullari bilan boqilyapti.
Bundan tashqari, qurolni aynan Pentagondan xarid qilishga to‘g‘ri keladi va bu ham ko‘pchilikka ma’qul emas. Chunonchi, hozir bundestagda F-35 yoki “mahalliy” “Eurofighter” tanlash borasida bosh qotirishmoqda.
Voyennoslujashix amerikanskoy natsionalnoy gvardii, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Xafa bo‘ldi. NATO bloki qudratli harbiy kuchga ega bo‘lgan a’zosidan ayrilishi mumkin
Boz ustiga nemislar oltinchi avlod qiruvchilarini birinchi bo‘lib yaratishmoqchi. Fransuzlar bilan birgalikda: Emmanuel Makron hamisha YeIning harbiy tobeligi haqida mulohaza bildirib keladi. Parij Vashington siymosida ham Afrika va Yaqin Sharqda, ham qurol bozoridagi raqibni ko‘radi. Shu bilan birga Parij besh yil davomida harbiy eksportini 72 foizga oshirdi.
Yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin edi, agar Avstraliya fransuz suvosti kemalaridan qo‘qqisdan voz kechmaganida. Kanberra AUKUS loyihasi doirasida Shtatlar va Buyuk Britaniya bilan harbiy ittifoqni afval bildi. Buning ortidan 56 milliard dollarlik shartnomaning bekor qilinishini Yelisey saroyi “ortga urilgan zarba” deb atadi.
Pentagonning eng yirik harbiy dengiz bazalari bo‘lgan Italiyada ham e’tiroz bildirishi mumkin bo‘lgan narsalari bor. Rim siyosatchilari ehtiyotkorlik bilan fikr bildirishmoqda, biroq oddiy italiyaliklar yankilarga qarshi yillar davomida ison ko‘tarishmoqda.
2017 yilda Vichensadagi qator mast janjallardan keyin amerikaliklarda hatto qismni tark etish taqiqlandi.
Flag Fransii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2021
Fransiya ilk bor AQSh va Avstraliyadan o‘z elchilarini chaqirib olmoqda

“Sizni ko‘rganimizdan shodmiz”

Bu voqealar bo‘yicha Boltiqbo‘yi yetakchi. May oyida Estoniyaning Tapa shaharchasida amerikalik harbiylar mahalliy qizlarga qo‘pol ravishda shilqimlik qilishdi. Janjal yuzaga keldi, u Tallin aralashuvidan keyin hal etildi.
Shunday bo‘lsada, boltiqbo‘yiliklar miting uyushtirishmaydi. Hukumat esa mislsiz “Amerika kuchlari bo‘lib turganidan shod”. Ular uchun bazalar ham qurishapti: galdagisi “Gerkus ”Litvada avgust oyida ochildi. Ustiga ustak Vilnyus tashabbusi bilan, garchi Pentagon uning zarurligiga shubha qilgan bo‘lsada.
Polshada esa – butun zirhli tank brigadasi bor. Tez orada Pentagon to‘laqonlik bazani qurib, u yerga 85 ta tank, 190 ta piyoda jangovar mashinasi, 35 ta o‘ziyurar artilleriya qurilmasi va 4 ta tank ko‘prigini yotqizuvchi. Rossiya chegarasigacha atigi 256 kilometr.

“Yangi mojaro”

Polsha va Boltiqbo‘yi “Rossiya tahdidi” sabab “Kompasga” qarshi. Boshqa skeptiklarning iqtisodiy sabablari bor. Avvalo Yevroittifoqining cheklangan imkoniyatlarga ega “kichik a’zolari” tanqid qilishmoqda. Masalan, Chexiyaning Yevroparlamentidagi vakili Aleksandr Vondra loyihani “o‘ta ambitsiyali” deb atamoqda.
“Bir tomondan, - deydi siyosatchi, - Rossiya va Xitoy u yerda xavfli g‘anim sifatida belgilangan. Boshqa tomondan esa, Yevropa Ittifoqi ularni hamkorlar deb hisoblaydi”.
Shunga o‘xshash “yorliqlarni yopishtirish” iqtisodiy vaziyatni yomonlashtiradi deb ta’kidlashmoqda. Ayniqsa, kovid paytida.
Biroq Brussel harbiy xarajatlarni ko‘paytirishni talab qilmoqda, garchi YeI shundoq ham yetti yil ichida mudofaaga 1,93 milliard dollar sarflagan bo‘lsada. Qator davlatlar bu uchun cho‘ntak kavlashni istashmayapti. Yevropada NATOdan tashqari bir necha tuzilma faoliyat yuritadi, xususan, “European Corpus”. U nazariy jihatdan to‘rtta diviziyani ishga solishga qodir. Jangchilari – yetti ming kishi – 20-yil avval Bosniya va Kosovoda harakat qilishgan.
Loyihadan manfaatdon mamlakatlar, avvalo Fransiya, sindirmoqda. Mavzu dolzarb: NATO axir boshqa shart-sharoitlarda va boshqa maqsadlar uchun tuzilgandi, qarshi kurashish tuzilmasi endi o‘zgacha: frontning aniq chizig‘i yo‘q”, - deya tushuntiradi Geosiyosiy muammolar akademiyasi vitse-prezidenti Konstantin Sokolov.
Ammo, ekspertning ta’kidlashicha, yangi alyans “o‘z bazalarini tark etishlari dargumon bo‘lgan” amerikalik kuchlar bilan qanday chiqishib ketishi ma’lum emas. Yevropa Ittifoqi ichida keskinlik o‘choqlari ehtimoli bor.
Ofitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del RF Mariya Zaxarova  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2021
Zaxarova: AUKUS hamkorligi tuzilishi NATO uchun shok bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0