Siyosat

Mirziyoyev Putinga Kemerevodagi fojia munosabati bilan hamdardlik bildirdi

© Sputnik / Aleksandr Patrin / Fotobankka oʻtishAvariya na shaxte "Listvyajnaya" v Kuzbasse
Avariya na shaxte Listvyajnaya v Kuzbasse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.11.2021
Kemerevo viloyatidagi “Listvyajnaya” konidagi fojia oqibatida halok boʻlganlar soni 52 kishiga yetgan.
TOSHKENT, 26 noya – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Kemerevo viloyatidagi “Listvyajnaya” konida sodir boʻlgan portlash oqibatida insonlar qurbon boʻlgani munosabati bilan mamlakat prezidenti Vladimir Putinga taʼziya yoʻlladi. Bu haqda uning matbuot kotibi maʼlum qildi.
“Davlatimiz rahbari halok boʻlganlarning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda shifo topishini tiladi”, - deyilgan xabarda.
Rossiyaning Kemerevo viloyatidagi “Listvyajnaya” konida 25 noyabr kuni tutunlanish yuz bergandi. Halokat yuz bergan vaqtda konda 285 kishi boʻlgan, ularning aksariyati tashqariga chiqishga muvaffaq boʻlgan. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, fojia oqibatida halok boʻlganlar soni 52 kishiga yetgan, shulardan 6 nafari qutqaruvchilar.
Hodisa yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Viloyatda 3 kunlik motam eʼlon qilingan. Rossiya bosh prokurori Dmitriy Demeshin dastlabki maʼlumotlarga koʻra metan portlashi bu hodisaga sabab boʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala