O‘zbekiston bosh muftiysi Qozog‘istonga tashrif buyurdi - foto

© Upravlenie musulman UzbekistanaSostoyalis peregovori muftiyev Uzbekistana i Kazaxstana
Sostoyalis peregovori muftiyev Uzbekistana i Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Nur-sultonga tashrif buyurdi.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Nur-Sulton shahrida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Mustaqil Qozog‘iston va Islom qadriyatlari” nomli xalqaro anjuman oldidan Qozog‘iston musulmonlari idorasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qildi.
© Upravlenie musulman UzbekistanaSostoyalis peregovori muftiyev Uzbekistana i Kazaxstana
Sostoyalis peregovori muftiyev Uzbekistana i Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2021
Sostoyalis peregovori muftiyev Uzbekistana i Kazaxstana
Uchrashuv avvalida O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlik diniy-ma’rifiy jabhada ham izchil rivojlanib, xalqlarimiz o‘rtasidagi birodarlikni yanada mustahkamlanib borayotgani, bu ikki Davlat rahbarlarining oqilona siyosati tufayli o‘zaro munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida ta’kidlandi.
© Upravlenie musulman UzbekistanaSostoyalis peregovori muftiyev Uzbekistana i Kazaxstana
Sostoyalis peregovori muftiyev Uzbekistana i Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2021
Sostoyalis peregovori muftiyev Uzbekistana i Kazaxstana
Qozog‘iston muftiysi Navro‘zbay hoji O‘zbekistondagi tarixiy obidalar, muborak qadamjolar ziyoratchilarning dunyoqarashi va ruhiy olamini boyitishini mamnuniyat ila qayd etdi.
Muftiy Nuriddin domla O‘zbekiston musulmonlari idorasida amalga oshirilayotgan xayrli ishlar, mo‘min-musulmonlarning diniy ehtiyojlarini qondirish, xususan Fatvo bo‘limini kengaytirish, diniy savol-javoblarga ixtisoslashgan koll-markaz faoliyatini rivojlantirish va diniy ta’lim sifatini oshirish, kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish kabi o‘zgarishlarga alohida to‘xtaldilar.
Muloqot yakunida O‘zbekiston va Qozog‘iston muftiylari ikki davlat rahbarlarining dinga muhabbatlari ziyodaligi bois mamlakatlarda Islom ma’rifatini keng taratish bo‘yicha katta sa’y-harakatlar olib borilayotganini alohida e’tirof etishdi.
Marosim oxirida Qozog‘iston bosh muftiysi Navro‘zbay hoji O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlariga hadalar ulashdilar.
Ikki davlat diniy idoralari raislari muloqotidan so‘ng muftiy Nuriddin domla boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Qozog‘iston muftiysi naibi O‘ngar domla Yershat Agibay o‘g‘li hamrohligida Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Yangiliklar lentasi
0