Siyosat

Oʻzbekiston va Pokiston yetakchilari mintaqadagi yirik loyihalarni muhokama qilishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu
Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.11.2021
Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, farmatsevtika va kimyo sanoati va boshqa sohalardagi investitsiya loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratishdi.
TOSHKENT, 26 noya – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Suhbat chogʻida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari hamda mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Yetakchilar mintaqada yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Muloqotlar faollashgani, ikki tomonlama tovar ayirboshlash koʻrsatkichlari sezilarli darajada oʻsgani va ishbilarmonlar oʻrtasidagi kooperatsiya kuchaygani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, farmatsevtika va kimyo sanoati, toʻqimachilik va qurilish materiallari tarmoqlari, boshqa sohalardagi investitsiya loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.
Flag Pakistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.10.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Oʻzbekiston va Pokiston SHHT doirasida Afgʻonistonga yordam beradi
Shuningdek, ular boʻlajak uchrashuvlar rejasini ham koʻrib chiqishdi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yil iyulida Pokiston bosh vaziri Imron Xon rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga kelgan edi. Bundan tashqari, ikki mamlakat yetakchilari 16 sentyabr kuni Dushanbedagi SHHTning yubiley sammiti doirasida alohida uchrashuv oʻtkazishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala