Video

Pskom GESi Oʻzbekistonga nima beradi –mutaxassis javobi

Pskom GESi Oʻzbekistonda GESlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan elektr energiya miqdorini 1,5 baravar oshirish hamda suvni samarali taqsimlash imkonini beradi.
TOSHKENT, 26 noya – Sputnik. Toshkentda Pskom gidroelektrostantsiyasi qurilishi boshlandi. Yangi GES 2026 yilda ishga tushiriladi va Oʻzbekistonda Chorvoq GESidan keyingi ikkinchi eng yirik gidroelektr stantsiyaga aylanadi.
Sputnik muxbiri qurilishi endi boshlangan ushbu obʼyektda boʻlib, u yerda “Gidroproyekt” AJ bosh muhandisi Anna Yestifeyeva bilan suhbat qildi.
Mutaxassis aytishiga koʻra, ayni damda respublikada ikkita GES bor. Pskom GESi ishga tushirilganidan soʻng Oʻzbekistonda GESlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi miqdori 1,5 baravar oshadi.
Undan tashqari, balandligi 195 metr boʻlgan toʻgʻon quriladi va hajmi 500 mln. metr kub boʻlgan suv ombori paydo boʻlib, u qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suvni samarali taqsimlashda muhim rol oʻynaydi.
Maʼlumot uchun, Pskom GESi qurilishiga $ 788 mln. xarajat qilish rejalashtirilgan. Undan 75 mln dollari Rossiyaning VEb.RF davlat korporatsiyasi tomonidan ajratilmoqda. Dastlabki loyihalashtirish ishlari Rossiya va Oʻzbekistonlik mutaxassislar hamkorligida amalga oshirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala