Jamiyat

Retseptsiz beriladigan dori vositalari roʻyxati yangilanadi – SSV

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Fotobankka oʻtishVolonter pokupayet neobxodimыe lekarstva po spisku dlya pensionerki
Volonter pokupayet neobxodimыe lekarstva po spisku dlya pensionerki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.11.2021
SSV retseptsiz beriladigan dori vositalari roʻyxatini bekor qilib, uni yangilash boʻyicha buyruq loyihasini ishlab chiqdi.
TOSHKENT, 26 noya – Sputnik. Sogʻliqni saqlash vazirligi retseptsiz beriladigan dori vositalari roʻyxati yangilanib, ortiqcha ovoragarchilik va byurokratik toʻsiqlarga chek qoʻyilishini maʼlum qildi.
Vazirlikning bildirishicha, shunday dori vositalari borki, agar ular shifokor tavsiyasisiz isteʼmol qilinsa, inson hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf tugʻdirishi mumkin. Ammo yana shunday preparatlar mavjudki, ularni dorixonalardan hech qanday cheklovlarsiz, yaʼni retseptsiz xarid qilsa boʻladi.
Shu yilning iyul oyidan SSV buyrugʻi asosida retseptsiz beriladigan dori vositalari roʻyxati keskin kamaytirgan. Yaʼni monopreparatlar pozitsiyasi 105 taga, majmuaviy preparatlar roʻyxati esa 118 taga qisqarib ketdi.
Oqibatda retseptsiz ham berilishi mumkin boʻlgan dorilarni xarid qilish uchun bemor vaqt yoʻqotib, navbat kutib shifokor qabuliga kirishga majbur boʻlmoqda.
Taʼkidlanishicha, bunday ovoragarchilik va byurokratik toʻsiqlar aholining tibbiyot tizimiga nisbatan ishonchi kamayishiga, qolaversa, farmatsevtika kompaniyalarining haqli eʼtirozlariga sabab boʻlyapti.

“Masalan, tempalgin, mukomilt, deksaflyu, tabeks kabi qator preparatlarni chet el dorixonalaridan hech qanday cheklovlarsiz xarid qilsa boʻladi. Bizda esa buning uchun retsept soʻralyapti”, - deyilgan xabarda.

Shu muammolarga yechim topish uchun amalda boʻlgan Retseptsiz beriladigan dori vositalari roʻyxatini bekor qilib, uni yangilashga oid loyiha ishlab chiqilgan. Unga muvofiq, retseptsiz beriladigan preparatlar roʻyxati kengaytirilmoqda. Bunda xalqaro amaliyot va xorijiy tajribasi chuqur oʻrganilgan.
Prodaja lekarstv v apteke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2020
Jamiyat
Dori vositalarini retseptsiz sotganlik uchun jazo kuchaytirildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala