Jamiyat

Toshkentda “Sputnik Layt” bilan emlash boshlandi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishRossiyskiy preparat "Sputnik Layt" ot koronavirusnoy infektsii
Rossiyskiy preparat Sputnik Layt ot koronavirusnoy infektsii  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.11.2021
Maʼlum qilinishicha, “Sputnik Layt” bilan ham buster vaktsina sifatida, ham birinchi marta emlanish mumkin.
TOSHKENT, 26 noya – Sputnik. Toshkent shahrida koronavirusga qarshi “Sputnik Layt” vaktsinasi bilan emlash boshlandi. Bu haqda Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi maʼlum qildi.
Sputnik muxbiri bu borasida batafsil maʼlumot olish uchun shahar sogʻliqni saqlash boshqarmasi bilan bogʻlandi.
Maʼlum qilinishicha, “Sputnik Layt” bilan ham buster vaktsina sifatida, ham birinchi marta emlanish mumkin.
Vaktsinani shaharda yashovchi har bir fuqaro olishi mumkin. Buning uchun vaktsina boʻlgan poliklinikaga pasport bilan kelish kifoya. Vaktsina qaysi qayerda borligini yashash joyidagi markaziy poliklinikada bilib olish mumkin.
Sputnik maʼlumotlariga koʻra, hozir “Sputnik Layt” bilan Olmazor va Mirobod tumanlaridagi poliklinikalarda emlanish mumkin.
Avvalroq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi Bahodir Yusupaliyev mamlakat “Sputnik Layt” vaktsinasini aholini emlash uchun qulay va foydali deb bilishi va undan foydalanish niyati borligini maʼlum qilgan edi.
Effektivnost Sputnika Layt priznal nezavisimыy jurnal The Lancet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.11.2021
Video
Dunyo mutaxassislari "Sputnik Layt"ning samaradorligini tan oldi - video
Rossiyaning bir komponentli “Sputnik Layt” vaktsinasi ham mustaqil, ham qoʻshimcha vaktsina sifatida qoʻllanilganda samarador hisoblanadi. U hozircha 20 ga yaqin mamlakatlarda roʻyxatdan oʻtgan. Yana 30 ta davlatda roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlari amalga oshirilmoqda. Nufuzli The Lancet bu vaktsinaning yuqori samaradorligi haqida maqola chop qilgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 17 noyabrdan boshlab toʻliq emlangan fuqarolarni buster (qoʻshimcha) doza bilan ixtiyoriy emlash boshlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala