Kolumnistlar

Uchinchi jahon urushini toʻxtatib turgan rus quroli

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishTanki T-14 "Armata"
Tanki T-14 Armata  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.11.2021
Rossiya yadroviy kuchlarning yuqori jangovar shayligi hamda yer, suv va havo va kosmik muhitda toʻxtatib turuvchi qurollari - gʻarblik "hamkorlar" tomonidan Uchinchi jahon urushi boshlanishini toʻxtatib turibdi.
TOSHKENT, 26 noya - Sputnik. SSSR tarqalib ketganidan soʻng 30 yil oʻtsa ham yanada yuqori texnologiyali, yadroviy raketalarga ega boʻlgan Rossiya ehtimoliy tajovuzkorga nisbatan kuchliroq davlat sifatida saqlanib qolmoqda.
Rossiya armiyasining zamonaviy quroli koʻp jihatdan oʻzining xorijiy analoglaridan ustun, Rossiya suverenitetining hamda Yevroosiyodagi osoyishtalikning ishonchli kafili boʻlib qolmoqda.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 24 noyabr kuni bergan bayonotida aytilishiga koʻra, uch yil davomida Davlat dasturi asosida Rossiya qurolli kuchlari 20 mingdan ortiq qurol-aslaha namunalari, ikki millionga yaqin texnika birliklari olishgan. Jangovar robotlarning seriyali ishlab chiqish boshlangan. NATOning harbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda, yadroviy kuchlarning yuqori jangovar shayligi hamda yer, suv va havo-kosmik muhitda toʻxtatib turuvchi yadroviy boʻlmagan qurollar miqdorini oshirish – yaqin kelajakda Rossiya xavfsizligining ustuvorliklaridan biri boʻlib qolmoqda.
Yuqori texnologiyalari qurol-aslahalar sohasida Rossiyaning yetakchiligini ittifoqchilar ham, raqiblar ham tan olishadi. Rossiya raqobatdoshlariga nisbatan oʻz ustuvorligini oshirish yoʻli bilan “hamkorlar” tomonidan Uchinchi jahon urushini boshlash ehtimolini kamaytirmoqda.
Rossiyaning 2033 yilga qadar moʻljallangan yangi qayta qurollanish Davlat dasturi, gipertovush raketalar, yuqori quvvatli lazer va robototexnik majmualar kabi yuqori texnologiyalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan. Yaqin oʻn yillikda sunʼiy ong sohasida 22 trillion rubl sarmoya kiritish rejalashtirilgan. Rossiya “Sirius” va “Poseydon” kabi avtonom harakatlanuvchi, mustaqil “fikrlovchi” tizimlar yaratishni maqsad qilgan.
Xarajatlar oʻzini-oʻzi qoplamoqda. Rossiya 2021 yilda 10 milliard dollarlik qurol-aslaha shartnomalar imzoladi va yaqin yillar ichida xalqaro bozorga 50ta yangi qurol-aslaha namunalari olib chiqishni niyat qilgan. Ular orasida aviatsiya texnikasi hamda havo-mudofaa tizimlari soni koʻproq. Yuqori texnologiyalari ustuvorliklardan bir nechasini koʻrib chiqamiz.

Kosmik "Tundra"

Plesetsk kosmodromidan 25 noyabr kuni "Tundra" harbiy koinot yoʻldoshi belgilangan orbitaga chiqarildi. Bu "Soyuzom-2.1B" kosmik kemasi yordamida 2021 yilda amalga oshirilgan beshinchi “harbiy” start boʻldi.
Zamonaviy "Tundra" koinot yoʻldoshi yer va suv sathidan amalga oshirilgan kontenentlararo ballistik raketalar (KBR) uchirilishini aniqlashi, uchirilgan raketaning ballistik trayektoriyasini va nishonga olingan hududlarini belgilash imkoniga ega. 2022 yilda Rossiyaning “Tundra” tizimi 10ta sputnikdan iborat boʻladi. Uni boshqarish Serpuxov-15 nomli boshqaruv markazi orqali amalga oshiriladi.
Oldin ushbu vazifani “Oko” sputnik tizimi amalga oshirar edi. U faqat Amerika kontinentidan uchilirgan raketalarni aniqlash imkoniga ega edi.
Shu bilan bir vaqtda oʻta uzoq masofaga zarba beruvchi mobil tizim havo mudofaa tizimi S-550 yaratilmoqda. U orbital va kosmik nishonlarni yoʻq qilishi mumkin. Jumladan amerikaning kontinentlararo raketalari va X-37 uchuvchisiz kosmik tashuvchilarni ham yoʻq qilishi mumkin.
15 noyabr kuni boʻlib oʻtgan sinovlarda S-550 ehtiyotkorona aniqlaik bilan 500km balandlikdagi "Kosmos-1408" - eski sovet sputnigini yoʻq qildi. Bu Pentagon va NATOdagilarni shokka tushirdi. Ular jazavagi tushib Rossiyani har xil narsalarda ayblay boshladi.
“Hamkorlar” kutilmaganda Rossiya belgilagan “qizil chiqizdan” oʻtgan taqdirda bir soniyada 32ta GPS navigatsiya sputniklaridan ayrilib qolishlari mumkinligini tushunib yetishdi. Oʻshanda ularning barcha raketa va samolyotlari harbiy kemalar bir zumda “koʻr” boʻlib qolishi mumkinligini anglashdi. Agar shunday boʻlsa NATO qoʻshinlari qogʻoz topografik xaritalarini oʻrganishga majbur boʻlishadi.

“Tsirkonning” koʻrinmas parvozi

2021 yilda suv usti va suv osti kemalaridan amalga oshirilgan "Tsirkon" gipertovush raketasining barcha sinov parvozlari muvaffaqiyatli oʻtdi. Dengizdagi va qirgʻoqdagi barcha nishonlar 4 daqiqa ichida yakson qilindi. Tezligi 10 000 km/soat, parvoz uzoqligi 1000 km boʻlgan ushbu raketa barcha mavjud havo mudofaasi tizimlari uchun koʻrinmaydigan, tutilmaydigan (unstoppable) raketadir. Rossiya qurolli kuchlari ushbu raketani 2022 yilda olishadi. Xuddi shunday raketa majmuasining quruqlikda joylashgan modifikatsiyasi ham ishlab chiqilmoqda.
“Tsirkon”ning zarba berish quvvati unga yadroviy qurol bilan raqobat qilish imkonini beradi. Bunday raketaning bir donasi butun boshli aviatashuvchini yoki yirik quruqlik obʼyektini yoʻq qilishi mumkin. Bugungi kunda dunyoda uning muqobili yoʻq. Ushbu sohada AQSH Rossiyadan bir necha yil orqada qolgan. Ular ishlab chiqqan namunalar hozircha uchmaydi.

"Terminator" va "Armata" "hamkorlarni" gʻamgin qilmoqda

Tanklarni qoʻllab-quvvatlash mashinasi (BMPT) "Terminator"larning dastlabki 9tasi noyabr oyida Markaziy harbiy okrugning 90-gvardiya tank diviziyasi ixtiyoriga topshiriladi va bu Pentagon va NATO uchun yaxshi xabar emas.
Suriyada zamonaviy jangovar tajriba asosida T-72 tanki platformasida yaratilgan koʻp maqsadli "Terminator" – harakatchan, yuqori himoyalangan zanjirli mashina boʻlib u kuchli qshrollar bilan jihozlangan.
U raqib tank va BMPlarini 6 km masofagacha yoʻq qilish, past uchuvchi samolyot, vertolyot va uchuvchisiz apparatlariga zarba berish imkoniga ega. "Terminator" zamonaviy tanklarga qarshi 4ta raketadan iborat majmua - "Ataka-T", ikkita 30mmli avtomatik pushka 2A42, ikkita AG-17D granatomyotlar va bitta 7,62-mmli pulemyot bilan jihozlangan. Ekipaji 5 kishidan iborat.
T-14 "Armata" tankini ishlab chiqarish ham yakuniy bosqichga yetgan i haqida Mudofaa vazirligi yaqinda xabar berdi. Rossiya yangi tanki jumladan Suriyada real jangovar sharoitlarda sinovdan oʻtgan va armiya ixtiyoriga 2022 yilda topshiriladi. Biroz oldin qurolli kuchlarga T-14 tankining 20ta sinov-sanoat namunalari yetkazib berilgan edi.
Mutaxassislar xulosasiga koʻra, "Armata" ehtimoliy raqib tankiga nisbatan 30% samaraliroq va tirik qolish ehtimoli yuqoriroq boʻlgan mashinadir. Uning 125mmli toʻpi barcha mavjud tank toʻplaridan koʻra kuchliroqdir, jumladan "Leoparda-2A6" tankining 120-millimetrli toʻpidan ham. “Armata” pushkasi bir daqiqada 12ta snaryad otishi mumkin. Uning optik nishonga olish tizimi kunduzi 5km masofadagi tunda 3.5 km masofada raqibni nishonga olish imkonini beradi. 48 tonnali tank 90km tezlikda harakatlana oladi. Harakat manbai – 1500 ot kuchiga ega boʻlgan dizel motor, uning resursi – 2000 soat.
Ekipaj aʼzolari (uch kishi) zarhlangan kapsula ichida joylashtirilgan. Bunlay kontruktiv yechim hatto snaryad tank minorasiga snaryad toʻgʻridan-toʻgʻri tekkan va tank oʻq-dorilari (40ta snaryad) portlab ketgan taqdirda ham tankchilar hayotini saqlab qolish imkonin beradi. Kelajakda “Armata” masofadan turib boshqarish tizimiga ega boʻladi va mutlaq odam ishtirokisiz ishlaydigan robotlashtirilgan qurolga aylanadi. Rossiya armiyasiga umumiy hisobda 2300ta T-14 tanki kerak. Zamonaviy texnologiyalar “Armata”ni kamida XXI asr oʻrtalariga qadar Yer sharida muqobili yoʻq tank boʻlib qolish imkonini beradi. Dunyoda

"Oriona" va "Altius"ning uchuvchisiz yutuqlari

Rossiya qurolli kuchlari oʻz ixtiyorida 2000 dan ortiq uchuvchisiz apparatlarga ega va 2021 yilning oxiriga qadar Rossiya Mudofaa vazirligi yana 18ta zarba beruvchi dronga ega boʻladi.
“Orion” – Rossiyaning birinchi razvedkachi va zarba beruvchi droni boʻlib u elita toifaga kiruvchi apparatdir MALE (Medium-altitudelong-endurance). “Orion”ning uchish vazni 1 tonna, jangovar yuklamasi 200kg, tezligi 200 km/soatni tashkil qiladi. Toʻxtovsiz uchish vaqti 24 soatdan ortiq. Ushbu apparat sputnik aloqa tizimi yordamida dunyoning istalgan nuqtasidan turib boshqarilishi mumkin. “Orion” yoʻnaltiriluvchi bombalar, lazer yordamida nishonga oluvchi raketalar bilan jihozlanishi, tunu kun har qanday ob-havo sharoitida, (Saxara choʻlidan Arktikagacha) zarba berishi mumkin. “Orion” Suriyada jangovar sinovdan muvaffaqiyatli oʻtdi. Bugungi kunda 15ta mamlakat uni xaridj qilish istagini bildirgan. Oʻz toifasida dunyodagi eng ishonchli uchuvchisiz apparatlardan biri hisoblanadi. Sunʼiy ong tizimini joriy etish “Orion” va uning safdoshlarini avtonom jangovar birlikka aylantiradi.
Aytish joizki, “Orion” bu favqulodda muvaffaqiyat emas. DubaiAirshow 2021 koʻrgazmasida Rossiya bir qator yirik oʻlchamli va samarali uchuvchisiz apparatlar – "Sirius", "Gelios-RLD", "Grom"larni taqdim etdi. Oʻrta va yaqin muddatli kelajakda Rossiya oʻzining razvedka va zarba beruvchi dronlari bilan jahon qurol aslaha bozorining 10%ini egallab olishni niyat qilgan.
Rossiyada “Orion” asosida yaratilgan katta oʻlchamli, uchish vazni 5 tonna boʻlgan “Sirius” havoda toʻxtovsiz 40 soat boʻlishi, 10 ming km masofa bosib oʻtishi mumkin. “Sirius” sputnik orqali boshqarish imkonini va boshqariluvchi uchar apparatlar bilan oʻzaro aloqaga qilish imkoniga ega boʻlishi mumkin.
Rossiyada yaratilgan ogʻir razvedka va zarba beruvchi uchuvchisiz apparat "Altius-RU", Amerikaning “oʻroqchi”sini (MQ-9 Reaper) jangovar yuklama, radarlarga payqalmaslik, uchish davomiyligi va hatto nishonga oʻt ochish tizimlari boʻyicha yengib oʻtadi. Rossiya havo-kosmik kuchlari 2022 yilda 18ta keyinroq yana 50ta “Altius”larga ega boʻladi.
Albatta ushbu qisqa hikoya Rossiya qurolli kuchlari qayta jihozlanayotgan barcha qurol-aslahalarni qamrab ola olmaydi. S-550 zenit raketa tizimi va “Peresvet” jangovar lazeri, Su-57 va “Oxotnik” zarba beruvchi uchuvchisiz apparati, koʻp maqsadli submarinalar haqida biz keyinroq hikoya qilib beramiz.
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkoning telegram kanaliga obuna boʻling
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala