Iqtisod

Avto, elektrotexnika va Orol dengizi: Oʻzbekiston va Qozogʻiston 54ta shartnoma imzoladi

© Ofitsialnыy informatsionnыy resurs Premyer-Ministra Respubliki KazaxstanIII Forum mejregionalnogo sotrudnichestva Kazaxstana i Uzbekistana
III Forum mejregionalnogo sotrudnichestva Kazaxstana i Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.11.2021
Oʻzbekiston va Qozogʻiston 54ta tijorat shartnoma imzoladi.
TOSHKENT, 27 noya — Sputnik. Joriy yil oxiriga kelib Oʻzbekiston Qozogʻistonning eng yirik savdo hamkorlari beshtaligiga kirishi mumkin. 2021 yil 9 oyida oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 2,9 mlrd $dan oshdi, bu 2020 yil shu davriga nisbatan 28,5 %ga koʻpdir, deyiladi Qozogʻiston bosh vaziri saytida.
© Ofitsialnыy informatsionnыy resurs Premyer-Ministra Respubliki KazaxstanIII Forum mejregionalnogo sotrudnichestva Kazaxstana i Uzbekistana
III Forum mejregionalnogo sotrudnichestva Kazaxstana i Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.11.2021
III Forum mejregionalnogo sotrudnichestva Kazaxstana i Uzbekistana
26 noyabr kuni Qozogʻiston bosh vazir Asqar Mamin Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokara oʻtkazdi. Ular Turkistonda oʻtkazilgan ikki davlat oʻrtasidagi III mintaqalararo hamkorlik forumida ishtirok etib, savdo-iqtisodiy, investitsiya, qishloq xoʻjaligi, tranzit-transport, suv-energetika, sanoat kooperatsiyasi va turizm kabi sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.
Qayd etilishicha, shu yilning 9 oyi davomida ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 2,9 mlrd $dan oshdi, bu 2020 yilning shu davriga nisbatan 28,5 %ga koʻpdir. Joriy yil oxiriga kelib Oʻzbekiston Qozogʻistonning eng yirik savdo hamkorlari beshtaligiga kirishi mumkin. 2022 yilda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini 5 mlrd $ga, 5 yil davomida esa 10 mlrd $ga yetkazish vazifasi qoʻyildi.
© Ofitsialnыy informatsionnыy resurs Premyer-Ministra Respubliki KazaxstanIII Forum mejregionalnogo sotrudnichestva Kazaxstana i Uzbekistana
III Forum mejregionalnogo sotrudnichestva Kazaxstana i Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.11.2021
III Forum mejregionalnogo sotrudnichestva Kazaxstana i Uzbekistana
Ikki davlat chegarasida “Markaziy Osiyo” xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazini tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda. Umuman olganda, Qozogʻiston va Oʻzbekiston ulushiga Markaziy Osiyodagi mintaqaviy savdoning qariyb 70 % toʻgʻri keladi. Bosh vazir Asqar Mamin sanoat kooperatsiyasi sohasida Qozogʻiston-Oʻzbekiston hamkorligining yuqori dinamikasini qayd etdi.

"Mashinasozlik, qurilish industriyasi va farmatsevtika sanoatida yangi qoʻshma loyihalar uchun boshqa oʻsish nuqtalari ham mavjud”, - dedi Asqar Mamin.

Shuningdek, u Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasida tranzit-transport sohasida oʻzaro hamkorlikning yuqori darajasi – temir yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish, avtomobil oʻtkazish punktlarini modernizatsiya qilish boʻyicha yirik qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha ishlar olib borilayotganini, yuklarni tashishda qulay tarif siyosati shakllantirilganini qayd etdi. 2021 yil 10 oyi davomida Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi temir yoʻl harakati hajmi 20,5 mln tonnani tashkil etdi.
Mamin ikki davlat oʻrtasida atrof-muhitni muhofaza qilish, suv va oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik muhimligini taʼkidladi. Birgalikda saʼy-harakatlar natijasida vegetatsiya davrida Toʻqtoʻgul va Qayroqum suv omborlaridan qoʻshimcha suv chiqarish taʼminlandi, bu esa Qozogʻiston va Oʻzbekiston fermerlarining ehtiyojini qondirdi.
Orolboʻyi ekologik muammolarini hal etish, butun Orolboʻyining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshma loyihalar amalga oshirilmoqda.

Orol dengizining qurigan tubida saksovul plantatsiyalarini ekish boʻyicha saʼy-harakatlarni birlashtirishni taklif qilamiz, – dedi Qozogʻiston bosh vaziri.

Forum doirasida mashinasozlik, agrosanoat majmuasi, qurilish materiallari, elektrotexnika mahsulotlari, tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish, infratuzilmani rivojlantirish va sanoatning boshqa sohalarida umumiy qiymati 611,3 million dollarlik 54 ta investitsiya va tijorat shartnoma imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala