Iqtisod

Markaziy bank migrantlar moliyaviy savodxonligini oshiradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye Tsentralnogo banka Uzbekistana
Zdaniye Tsentralnogo banka Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.11.2021
Loyihani dekabr oyidan “Ishga marhamat” monomarkazlarining 14 ta filiallarida amalga oshirish rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 26 noya – Sputnik. Markaziy bank (MB) mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarining moliyaviy savodxonligini oshirish boʻyicha loyihani boshladi.
24 noyabr kuni MB “Kafolat” sugʻurta kompaniyasi bilan “Ishga marhamat” monomarkazlari hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining 12 ta viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahridagi trenerlarni moliyaviy savodxonlik boʻyicha tayyorlash yuzasidan trening oʻtkazgan.
Trening doirasida toʻlov va pul oʻtkazmalari, zamonaviy moliyaviy texnologiyalar, moliyaviy xavfsizlik (jumladan, raqamli moliyaviy xavfsizlik) va bank omonatlari kabi mavzular yoritildi.
Bundan tashqari, dasturga “Sberbank” OAJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan maʼlumotlar va materiallar kiritilgan.
Loyihani joriy yilning dekabr oyidan boshlab 6 kunlik kengaytirilgan oʻquv kursi doirasida amalga oshirish rejalashtirilgan. “Ishga marhamat” monomarkazlarining 14 ta filiallarida bir kunlik tezlashtirilgan oʻquv kursi tashkil etiladi.
Denejnыe kupyurы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.09.2021
Iqtisod
Oʻzbekistonga joʻnatilayotgan pul oʻtkazmalari oshdi - Markaziy bank
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala