O‘zbekiston bosh muftiysi yuksak medal bilan taqdirlandi - foto

© Press-slujba Upravleniya musulman UzbekistanaGlavniy muftiy Uzbekistana Nuriddin Xoliknazarov nagrajden medalyu v Kazaxstane
Glavniy muftiy Uzbekistana Nuriddin Xoliknazarov nagrajden medalyu v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazarov Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi tomonidan ta’sis etilgan yuksak medal bilan taqdirlandi.
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Nur-Sultonda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi tomonidan ta’sis etilgan yuksak medal bilan tantanali ravishda taqdirlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.
© Press-slujba Upravleniya musulman UzbekistanaGlavniy muftiy Uzbekistana Nuriddin Xoliknazarov nagrajden medalyu v Kazaxstane
Glavniy muftiy Uzbekistana Nuriddin Xoliknazarov nagrajden medalyu v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2021
Glavniy muftiy Uzbekistana Nuriddin Xoliknazarov nagrajden medalyu v Kazaxstane
“Mustaqil Qozog‘iston va Islom qadriyatlari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuksak saviyada tashkil etilgani, 200 dan ziyod ishtirokchi qatnashgani, ZOOM platformasi orqali yuzlab xorijiy va mahalliy mutaxassislar kuzatib borgani, martabali din va davlat arboblari, professor va akademiklar arab, rus, turk va qardosh tillarda ma’ruzalar qilganlari hamda anjuman jarayonlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri butun dunyoga onlayn namoyish etildi.
“Xalqaro konferensiyada bugungi murakkab davrda din peshvolarining hamjihatlikda faoliyat yuritishi muhimligi, shuningdek, global zamonda ulamolarning o‘zaro hamkorligi muammolarni yechishda katta omil ekani baralla aytilgani bilan uning nufuzi yanada oshdi.
Notiqlar tomonidan so‘nggi yillarda O‘zbekiston zaminida Islom dini ma’rifatini keng yoyish, mo‘min-musulmonlar ehtiyojini ta’minlash, masjid-madrasalarni obod etish va ulug‘ allomalar merosiga ehtirom ko‘rsatish yo‘lida olib borilayotgan ishlar yuqori baholandi”, - deyilgan xabarda.
19 oktabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Nuriddin Xoliqnazarov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylangandi.
Yangiliklar lentasi
0