O‘zbekistonda koronavirusning 4ta shtammi aniqlandi

© SS0 / Unsplash / Fusion Medical AnimationKoronavirus, illyustrativnoe foto
Koronavirus, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda koronavirusning to‘rtta shtammi aniqlangan.
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. O‘zbekistonda COVID-19ning 4ta shtammi aniqlandi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi xabariga ko‘ra, bu yilning boshi va I-choragida koronavirusning alfa shtammi tarqalishi kuzatilgan bo‘lsa, yil II yarmida esa delta shtammi keng tarqaldi.
Izobrajenie novogo koronavirusa atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2021
“Ebola kabi xavfli”: Afrikada aniqlangan kovidning yangi shtammi “Omikron” deb nomlandi
"Hozirga kelib esa ilgari qayd etilmagan yangi mutatsiyalar aniqlanmoqda, bu bosqichda ma’lumotlar umumlashtiriladi va ularning bioinformatik tahlili, shuningdek, tadqiqot natijalari nashrga tayyorlanadi", — deyilgan xabarda.
Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori o‘rinbosari professor Alisher Abdullayevga ko‘ra, respublikada COVID-19ning to‘rtta shtammi mavjud.
Ularning bittasi "asl" Uxan shtammiga yaqin, u koronavirusga chalinganlarning taxminan 1 foizida aniqlandi. 20A shtammi esa 7 holatda kuzatilmoqda. Shuningdek, yana bir turi "britancha" shtamm bo‘lib, u esa taxminan 10 foizda qayd etilgan.
Bemorlarning 82 %dan ortig‘i — delta "hindcha" shtammi bilan zararlandi.
Yangiliklar lentasi
0