Samvel Babayan yana bosh murabbiy etib tayinlandi

© Federatsiya futbola UzbekistanaTrener natsionalnoy sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan
Trener natsionalnoy sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2021
Obuna bo‘lish
Samvel Babayan "Navbahor" bosh murabbiyi etib tayinlandi.
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Samvel Babayan "Navbahor" bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar qildi.
Samvel Babayan 2022-yilgi mavsumni “Navbahor” bosh murabbiyligida boshlaydi. Bunga qadar 50 yoshli mutaxassis "lochinlar" jamoasida maslahatchi murabbiy sifatida faoliyat olib borayotgandi.
“Bugun yurtimizning taniqli mutaxassislaridan biri, “Paxtakor” jamoasi bilan ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan, shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasida ham faoliyat yuritgan Samvel Vacheslavovich Babayan “Navbahor” PFK bilan shartnoma imzoladi.
Jamoamiz 2022-yilgi mavsumni Samvel Babayan bosh murabbiyligida boshlaydi”, - deyilgan xabarda.
Babayan ofitsialno predstavlen v kachestve glavnogo trenera Lokomotiva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2019
Samvel Babayan “Lokomotiv” bosh murabbiyi sifatida qizg‘in mashg‘ulotlarni boshlab yubordi
Babayan murabbiylik faoliyatidagi ilk qadamlarini aynan "Navbahor" klubida qo‘ygan. 1995—2001 yillar davomida Babayan namanganliklar klubi murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan. Ushbu davr mobaynida "Navbahor" bir marta mamlakat chempionligini (1996 yili), 4-marta bronza medallari (1995, 1997—1999 yillar), 2-marta O‘zbekiston kubogi (1995, 1998-yillar), bir marta O‘zbekiston Superkubogini (1999 yil) qo‘lga kiritgan.
Samvel Babayan 2001—2002 yillari O‘zbekiston terma jamoasida menejer sifatida faoliyat olib bordi. 2002-yildan Toshkentning "Paxtakor" jamoasida vitse-prezident sifatida ish boshlagan Samvel Babayan mazkur lavozimda 2014-yilgacha faoliyat olib bordi. Babayan 2014—2015 yillarda "Paxtakor" bosh murabbiyi lavozimida faoliyat olib bordi. Mutaxassis 2015—2017 yillarda O‘zbekiston milliy, 2016-yili esa parallel ravishda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasida bosh murabbiy bo‘lib ishladi.
Glavniy trener sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2019
Umrbod o‘zbek futbolidan chetlatilgan Babayan yana bosh murabbiylikka qaytdi
2021 yil 10-iyuldan boshlab "Navbahor"da maslahatchi murabbiy sifatida ish boshlagandi.
Yangiliklar lentasi
0