Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga qayta saylandi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPrezident Mejdunarodnoy federatsii fextovaniya biznesmen Alisher Usmanov
Prezident Mejdunarodnoy federatsii fextovaniya biznesmen Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2021
Obuna bo‘lish
Alisher Usmonov 2008-yildan beri ushbu xalqaro tashkilotni boshqarib kelmoqda. U FIE’ga 2012 va 2016-yillarda qayta saylangan.
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov yana Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti lavozimiga saylandi.
Lozanna shahrida (Shveysariya) 27-noyabr kuni federatsiyaga yangi rahbar saylash uchun ovoz berish bo‘lib o‘tdi.
“Unda amaldagi prezident Alisher Usmonov g‘alaba qozonib, tashkilotdagi boshqaruvini davom ettiradigan bo‘ldi”, - deb xabar qildi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Alisher Usmonov 2008-yildan beri ushbu xalqaro tashkilotni boshqarib kelmoqda. U FIE’ga 2012 va 2016-yillarda qayta saylangan.
Shuningdek, saylov yakunlariga ko‘ra o‘zbekistonliklar ham tashkilotning bir qator bo‘limlari tarkibiy qismiga kirdi. Jumladan, O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh kotibi Gulnora Saidova targ‘ibot qo‘mitasi, Tokio—2020 Olimpiadasida hakamlik qilgan Aida Hasanova esa hakamlar qo‘mitasi tarkibiga kiritildi.
Tadbir davomida 2023-yilgi jahon chempionati mezbonligiga da’vogar Toshkent shahrining taqdimoti namoyish etildi. Taqdimotni O‘zbekiston MOQ va Qilichbozlik federatsiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov hamda Gulnora Saidova o‘tkazishdi. Biroq yakunda mezbonlik Milanga nasib etdi.
Peterburgskiy mejdunarodniy ekonomicheskiy forum. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2021
Alisher Usmonov nomzodi yana Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga ilgari surildi
Yangiliklar lentasi
0