Dunyoda

Isroil omikron shtammi sabab chegaralarini xorijliklar uchun yopdi

© AFP / JACK GUEZIzrailskiy aeroport Ben-Gurion nedaleko ot Tel-Aviva
Izrailskiy aeroport Ben-Gurion nedaleko ot Tel-Aviva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.11.2021
Isroilda koronavirusning yangi eng xavfli omikron shtammi bilan kasallanish 26 noyabr kuni aniqlandi.
TOSHKENT, 28 noya — Sputnik. Isroil koronavirusning yangi omikron shtammi paydo boʻlgani sabab chegaralarini xorijliklar uchun ikki haftaga yopadi.
Tegishli qarorni pandemiyaga qarshi kurashish vazirlik komissiyasi favqulodda yigʻilishda qabul qildi.

“Yigʻilishda quyidagi qarorlar qabul qilindi: barcha mamlakatdan boʻlgan chet elliklarga Isroilga kirish taqiqlanadi”, - deya xabar qilmoqda RIA Novosti mamlakat bosh vaziri maʼmuriyati xabariga tayangan holda.

Bunda Istisnolar boʻyicha qoʻmita tomonidan maʼqullangan holatlarda kirishga ruxsat berilishi mumkin.
Chet eldan qaytayotgan isroilliklar aeroportda koronavirusga PZR test topshirishlari va karantinda boʻlishlari shart. Kovidni boshdan kechirganlar va emlanganlar uchun oʻzini yakkalash uch kun, emlanmaganlar uchun bir hafta davom etadi.
Isroilda koronavirusning omikron shtammi bilan kasallanish 26 noyabr kuni aniqlandi. Yana bir necha kishi shubha ostida. Ular test topshirib, uning natijasini kutishmoqda.
Isroil bosh vaziri Naftali Bennet mamlakat favqulodda vaziyat yoqasida turganini maʼlum qildi va barchani tunu kun ishlashga tayyor turishga chaqirdi.
Izobrajeniye novogo koronavirusa atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestnыy kak 2019-nCoV - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.11.2021
Dunyoda
“Ebola kabi xavfli”: Afrikada aniqlangan kovidning yangi shtammi “Omikron” deb nomlandi
25 noyabr kuni olimlar Botsvana, JAR va Gonkongda eng xavfli boʻlishi mumkin boʻlgan koronavirusning B.1.1.529 yangi shtammini aniqlashdi. JSST faqulodda yigʻilish oʻtkazib, bu shtammni omikron deb atadi – yunon alfavitining 15-harfi nomi.
27 noyabr kuni Buyuk Britaniyada ikkita omikron shtammi bilan kasallanish aniqlandi. Shuningdek, u Misrdan qaytgan Chexiya fuqarosida aniqlangani maʼlum. Qolaversa, omikron shtammi Belgiya va Italiyada qayd etilgan.
Oʻzbekistonda koronavirusning bu xavfli shtammi hozircha qayd etilmagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala