Siyosat

Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Shavkata Mirziyoyeva s Gurbangulы Berdыmuxamedovыm v Ashxabade
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva s Gurbangulы Berdыmuxamedovыm v Ashxabade - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.11.2021
Prezident Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Ashxobod shahriga yetib bordi.
TOSHKENT, 28 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) sammitida ishtirok etish uchun Ashxobod shahriga yetib bordi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Poytaxt aeroportida Mirziyoyevni uning turkmanistonlik hamkasbi Gurbanguli Berdimuhamedov kutib oldi. Shundan soʻng ikki mamlakat yetakchilari muzokara oʻtkazdilar.
Ikki tomonlama yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Joriy yil oktyabr oyida oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq savdo-iqtisodiy hamkorlik borasidagi qoʻshma loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.
Uzbeksko-turkmenskiy forum v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.10.2021
Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi uch baravarga oshdi
Shuningdek, prezidentlar xalqaro kun tartibi va koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashishdi.
IHT mintaqaviy koʻp tomonlama tuzilma boʻlib, mintaqa mamlakatlari oʻrtasidagi yaqin savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida 1985 yilda tashkil etilgan.
Bugungi kunda tashkilotga Oʻzbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afgʻoniston aʼzo. Oʻzbekiston unga 1992 yilda qoʻshilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala