Madaniyat

Muzeylarning pulli xizmatlar koʻrsatishiga ruxsat berildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMuzey im. Savitskogo v Nukuse
Muzey  im. Savitskogo v Nukuse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.11.2021
Tegishli qonunga oʻzgartirish kiritildi. Bunda muzey ashyolari va kollektsiyalari but saqlanishi kerak.
TOSHKENT, 28 noya — Sputnik. Muzeylar daromad keltiradigan faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin. Bu prezident imzolagan “Muzeylar toʻgʻrisida”gi qonunga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonunda koʻzda tutilgan.
Kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, muzeylar taʼsis hujjatlariga muvofiq daromad keltiradigan faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin. Bunda muzey ashyolari va kollektsiyalari but saqlanishi kerak.
Davlat muzeylariga pulli xizmatlardan, xayriyalardan tushadigan mablagʻlar kelgusi yil uchun byudjetdan moliyalashtirish miqdorini kamaytirishga asos boʻlmaydi.
Mablagʻlar davlat muzeylarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, ilmiy salohiyatini oshirish va ularni targʻib qilish hamda qonunchilikda belgilangan boshqa maqsadlar uchun sarflanishi mumkin.
Gosudarstvennaya Tretyakovskaya galereya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.11.2021
Madaniyat
Madaniyatni rivojlantirish fondi Tretyakov galereyasi bilan shartnoma imzoladi
Amaldagi “Muzeylar toʻgʻrisida”gi qonunda (2008 yil) muzeylar notijorat madaniyat muassasasi ekanligi belgilangandi. Bu esa oʻz navbatida muzeylarning pulli xizmatlar koʻrsatishi va boshqa tijoriy faoliyatini amalga oshirishga taʼsir koʻrsatib kelgan.
Maʼlumot oʻrnida, hozirda respublikada 124 ta muzey faoliyat olib bormoqda, shundan 116 tasi davlat va 8 tasi nodavlat muzey hisoblanadi.
Qonun rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kirdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala