O‘zbekiston prezidenti IHT sammitida qanday tashabbuslarni ilgari surdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v sammite Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva v Ashxabade.
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v sammite Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva v Ashxabade. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2021
Obuna bo‘lish
Ashxobod shahrida o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda Shavkat Mirziyoyev qator tashabbuslarni bildirdi.
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n beshinchi sammiti ishida ishtirok etdi.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov raisligida o‘tgan tadbirda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Pokiston prezidenti Orif Alviy, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, shuningdek, Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin va IHT bosh kotibi Husrav Noziriy ham ishtirok etdi.
Mirziyoyev xalqaro va mintaqaviy vaziyatga, davom etayotgan pandemiya sharoitidagi iqtisodiy qiyinchiliklarga e’tibor qaratib, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha qator aniq takliflarni ilgari surdi.
Xususan,
yangilangan va keng qamrovli Savdo bitimini ishlab chiqish va qabul qilish;
o‘zaro sarmoyalar oqimini ko‘paytirish va ularni ishonchli himoya qilish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan Qo‘shma harakatlar dasturini qabul qilish;
Savdo, investitsiyalar va innovatsiyalar markazini tashkil etish hamda uning qarorgohini Toshkent shahrida joylashtirish;
IHT mamlakatlarining transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish va tranzit salohiyatini kengaytirishga qaratilgan mintaqaviy strategiyani ishlab chiqish;
xalqaro ekolog olimlar va ekspertlar ishtirokida yuqori darajadagi doimiy Muloqot kengashini tuzish;
xavfsiz sayyohlikni rivojlantirish umummintaqaviy Dasturini qabul qilish;
Afg‘oniston bilan mintaqaviy ahamiyatga ega bo‘lgan yirik savdo, transport va energetika loyihalarini amalga oshirish ishlarini izchil davom ettirish;
IHT faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar tayyorlash uchun yuqori darajadagi Ekspertlar guruhini tuzish;
Tashkilot doirasida muayan sohani rivojlantirish bo‘yicha har yilga nom berish an’anasini joriy etish. O‘zbekiston raislik qiladigan davrda mamlakatlarda O‘zaro uzviy bog‘liqlikni mustahkamlash yili deb e’lon qilish.
Sammit yakunida Harakatlar uchun Ashxobod konsensusi imzolandi. Ushbu hujjat a’zo mamlakatlarning mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash borasidagi muhim ustuvor intilishlarini o‘zida mujassam etdi.
2022 yilda IHTga raislik qilish O‘zbekistonga o‘tdi.
Yangiliklar lentasi
0