Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga joʻnab ketdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev otbыl v Namanganskuyu oblast
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev otbыl v Namanganskuyu oblast - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.11.2021
U yerda prezident Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
TOSHKENT, 28 noya — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga joʻnab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
U yerda Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
Tadbir kun tartibidan savdo, investitsiyalar, "yashil" iqtisodiyot va innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, transport, logistika, turizm va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari oʻrin olgan.
Turkmaniston poytaxtiga tashrif doirasida davlat rahbari qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazadi.
Prezidentы Uzbekistana i Turkmenistana Shavkat Mirziyoyev i Gurbangulы Berdыmuxamedov prinyali Sovmestnoye zayavleniye. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.10.2021
Siyosat
Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasida 20 dan ziyod muhim hujjat imzolandi
IHT mintaqaviy koʻp tomonlama tuzilma boʻlib, mintaqa mamlakatlari oʻrtasidagi yaqin savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida 1985 yilda tashkil etilgan.
Bugungi kunda tashkilotga Oʻzbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afgʻoniston aʼzo. Oʻzbekiston unga 1992 yilda qoʻshilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala