Jamiyat

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga 5 nafargacha xodim yollashga ruxsat berildi

© CC0 / Unsplash / tata totoJenщina rabotayet za shveynoy mashinkoy. Illyustrativnoye foto
Jenщina rabotayet za shveynoy mashinkoy. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.11.2021
Hukumat qarori bilan endilikda YATTlar 5 nafargacha xodim yollashi mumkin, ilgari ular soni 3 nafargacha edi.
TOSHKENT, 28 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda endi yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargacha xodim yollashi mumkin. Bu Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilab qoʻyildi.
Endi yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargacha xodim yollashi mumkin (ilgari 1-3 nafar edi).
Nizomga muvofiq, YATT bank hisobvaragʻi ochganidan soʻng xodim yollash huquqiga ega boʻladi. YATT xodimni yollashda yozma mehnat shartnomasi tuzadi, ular tomonidan mehnat daftarchasi yuritilmaydi.
YATT xodimini soliqda hisobga qoʻyish uchun arizani shartnoma tuzgan vaqtdan 3 ish kunidan kechikmay soliq organiga beradi. Soliq organi 1 ish kunida xodimning hisobga qoʻyilganiga oid kartochkani taqdim qiladi. YATTlar xodim uchun daromad soligʻi va ijtimoiy soliq toʻlaydi.
YATT faoliyati vaqtinchalik yoki butunlay toʻxtatilsa soliq organiga yuborgan xabarnomasi asosida soliq hisoblanishi toʻxtatiladi.
Nalogi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.10.2021
Iqtisod
YATTlar uchun ijtimoiy soliq ikki baravar kamaytiriladi – yangi qonun
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala