Astma, angina va pnevmoniyani qanday farqlash mumkin

© SS0 / Unsplash / Diana PolekhinaNosovie platki i sprey dlya nosa
Nosovie platki i sprey dlya nosa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2021
Obuna bo‘lish
Mutaxassis angina (bodomcha bezi) va pnevmoniyaning o‘xshash va farqli jihatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh shifokori Nodir Sotvoldiyev bronxial astma, angina (bodomcha bezi) va pnevmoniyaning o‘xshash va farqli jihatlari haqida ma’lumot berdi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ushbu kasalliklarning o‘xshash tomoni shundaki, uch holatda ham yo‘tal va isitma kuzatiladi. U bu kasalliklarning farqli jihatlarini sanab o‘tdi.
Bronxial astma — bu surunkali infeksion, ya’ni allergik kasallik bo‘lib, nafas yo‘llarining siqilishi bilan kechadi. Bemorda ilk klinik belgilar – yo‘tal, tomoq qichishi, havo yetishmaslik belgilari kuzatiladi. Og‘ir holatlarda esa nafas siqishi mumkin.
Yo‘tal va nafas siqishi, asosan, tunda bezovta qiladi. Kasallik ko‘pincha o‘tkir hidli qo‘zg‘atuvchilar, ovqatdan keyingi allergik reaksiyalar, yuqumli virusli infeksiyalar va boshqa holatlardan keyin xuruj qiladi. Xastalikning kuchaygan shakli faqatgina statsionar sharoitda davolanadi.
Pnevmoniya — bu o‘tkir virus-bakterial qo‘zg‘atuvchilar sababli rivojlanuvchi respirator kasallik bo‘lib, o‘pka to‘qimasi ma’lum qismlarining yallig‘lanishi hisoblanadi. Kasallik tana haroratining ko‘tarilishi, tumov, quruq yo‘tal kabi belgilar bilan boshlanishi mumkin.
Pandemiya davrida virusli pnevmoniya belgilari juda ko‘p uchramoqda. Bu kasallikning tashxisi tasdiqlanganidan so‘ng og‘ir ahvoldagi bemorlar statsionar sharoitda davolanishlari shart.
Angina — o‘tkir virus-bakterial etiologiyali yuqumli kasallik hisoblanadi. Xastalik bemorda tana harorati 38-39 darajagacha ko‘tarilishi, yutinishga qiynalish, tomoq va tanadagi kuchli og‘riqlar bilan boshlanishi mumkin.
Yuqoridagi kasalliklar barcha yoshdagi aholi orasida uchraydi.

Kasalliklarning kelib chiqish sabablari

Angina o‘tkir infeksion kasallik bo‘lgani uchun uni mikroblar qo‘zg‘atadi. Mikroblar halqumga aksariyat hollarda bu kasallikka chalingan bemor foydalangan uy-ro‘zg‘or buyumlaridan tushadi. Ko‘pincha halqumda bo‘ladigan va odatda, kasallik qo‘zg‘atmaydigan mikroblar ayrim noxush omillar ta’sirida, masalan, kishi sovqotganda yoki harorat o‘zgarganda kasallik qo‘zg‘atishi mumkin.
Ba’zan oyoqning ho‘l bo‘lishi, muzqaymoq yeyish, sovuq suv ichish, muzdek suvda cho‘milish va boshqa hollarda angina bilan og‘rish kuzatiladi. Halqumga muntazam tushib turadigan tutun, chang, spirtli ichimliklar, shuningdek, burun orqali nafas olishni qiyinlashtiradigan adenoidlar va burun-xalqumning boshqa kasalliklari anginaga sabab bo‘lishi mumkin.
Burun va yondosh bo‘shliqlarining yallig‘lanishi hamda og‘iz bo‘shlig‘idagi yiringli yallig‘lanishlar ham anginaga sabab bo‘ladi. Kasallik to‘satdan boshlanadi. Bemorda madorsizlik, bosh og‘rig‘i, tomoq qaqrab og‘rishi, achishishi, yutinganda og‘riq kuzatiladi. Kasallik bilan tez-tez og‘rish natijasida murtak bezlari surunkali yallig‘lanadigan bo‘lib qoladi.
Rebenok s gradusnikom, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2021
Farzandi O‘RVI bilan kasallangan ota-onalar eng ko‘p qaysi xatoga yo‘l qo‘yishadi
Bronxial astma yuzaga kelishining asosiy sabablaridan biri allergenlar hisoblanadi. Allergenlar to‘rt asosiy guruhga bo‘linadi: oziq-ovqatlarda uchrovchi; uy-ro‘zg‘or buyumlarida uchrovchi allergenlar; epidermal allergenlar (uy hayvonlarining yungi va ularning hayot faoliyati jarayonidagi mahsulotlarida uchraydigan), o‘simlik allergenlari.
Sovuq havo, virusli infeksiya, jismoniy zo‘riqish, ruhiy tushkunlik, o‘tkir hidlar — bular allergen hisoblanmaydi. Ammo shunday bo‘lsa-da, ular astma hurujini keltirib chiqarishi mumkin. Bronxial astma bilan og‘rigan bemorda sezgirlik kuchli bo‘ladi.
Hatto oddiy ko‘ringan kir yuvish kukunidan foydalanish ham astma xurujining kelib chiqishi uchun yetarli asos bo‘ladi. Xastalik kelib chiqish sabablari orasida nasliy moyillik ham bor.
Yangiliklar lentasi
0