Kolumnistlar

Bayden Yevropadagi havoni butunlay buzdi

© AFP / ALEX WONGPrezident SSHA Djo Bayden
Prezident SSHA Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.11.2021
AQSH uzoq vaqtdan beri Kiyevni "oʻz ostiga" olib, yordamchi rol oʻynagan frantsuz va nemislarni chetga surib qoʻydi va endi ular Ukraina detonatori bilan oʻynashmoqda.
Aleksandr Xabarov. Jo Bayden Yevropaning koʻnglini qoldirdi. Frantsiyaning AQShdagi sobiq elchisi Jerar Aro birinchilardan boʻlib bu haqda ochiq gapirdi: "Biz koʻrayotgan narsa – bu Amerika tomonida uzoq muddatli harakat. Obama Yevropadan xavotir olmas edi. Tramp Yevropaga dushmanlarcha munosabatda edi. Hozir Bayden. Ochigʻini aytadigan boʻlsak, Bayden - butun Yevropa uchun katta umidsizlikdir”.
Diplomat Amerikaning hozirgi administratsiyasini Yevropadagi masalalar qiziqtirmasligidan shikoyat qiladi. Yevrokomissiyasi Bayden jamoasiga birgalikda ishlash mumkin boʻlgan masalalarning uzun roʻyxatini joʻnatdi: kiberxavfsizlik, kriptovalyuta, yuqori texnologiyalar sohasidagi soliqlar, ammo haligacha javob yoʻq. "Hech qanday tashabbus yoʻq. Yevropa va amerikaliklar u yoki bu masalada birgalikda harakat qiladi, degan hech qanday bayonot yoʻq. Amerikaliklar eʼtiborni Xitoyga qaratishdi. Ularning tashqi siyosati - Xitoy, Xitoy, Xitoy".
Ukrainskiye voyennoslujaщiye vedut ogon iz 152-mm pushki-gaubitsы D-20 na artilleriyskom poligone v sele Devichki Kiyevskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.11.2021
Rossiya
AQSH Donbassda qaytadan mojaroni qoʻzgʻatishga urinmoqda - RF tashqi razvedka rahbari
Frantsuzlar sarosimada. Avstraliya uchun suv osti kemalari bilan bogʻliq janjal Parij uchun juda muhim diplomatik operatsiyani toʻxtatdi, uning yordami bilan Frantsiya Tashqi ishlar vazirligi Vashington bilan munosabatlarni sezilarli darajada mustahkamlashga umid qilgandi. Shu yilning sentyabr oyida Chesapiks jangiga 240 yil boʻldi. Aynan frantsuz floti 1781 yilda inglizlarni hal qiluvchi magʻlubiyatga uchratib, Amerika mustaqillik uchun urushini oʻzgartirdi.
Frantsiya flotiliyasiga qoʻmondonlik qilgan kontr-admiral graf de Grass, oʻshanda Britaniya imperiyasi bilan dushman boʻlgan, oʻz mamlakati manfaatlarini koʻzlab ish tutgan. Deyarli ikki yarim asr oʻtgach, har ikki tomondagi jang ishtirokchilarining uzoq avlodlari ham kurashni davom ettirishi uning xayoliga ham kelmagan, ammo allaqachon AQShning eng yaqin ittifoqchisi deb nomlanish huquqi uchun.
Solntsepek - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2021
Kolumnistlar
AQSH Ukrainani Rossiyaning “Solntsepeki” ostida halok boʻlishga majbur qiladi
Amerikalik hamkorlarga oʻzlarining oʻtmishdagi xizmatlarini eslatish uchun yubiley sharafiga Frantsiya elchixonasida tantanali ziyofat rejalashtirilgan edi. Ammo oʻsha vaqtda Frantsiya elchisi Parijga chaqirildi - tadbirni bekor qilishga toʻgʻri keldi. Makron oldinga yurishga qoʻrqdi. Frantsiya prezidenti Bayden bilan janjallashishdan koʻra, nolimaydigan Avstraliya bosh vazirini nishon sifatida tanladi.
AQSH irodasiga jiddiy qarshi chiqish uchun, Sharl de Goll singari shaxs kerak shekilli. U dollardan voz kechishi, NATO shtab-kvartirasi va Amerika bazalarini oʻz mamlakatidan olib tashlashi, oʻzi mustaqil ravishda Xitoy va SSSR bilan muzokaralar olib borishi mumkin edi. Gʻarbiy Yevropa siyosatida bunday generallar hozir koʻrinmaydi, shuning uchun bugungi kunda Parij, Bryussel va Berlinda uzoq vaqtdan beri gapirilgan "birlashgan Yevropa armiyasi"ga qoʻmondonlik qiladigan hech kim yoʻq. Istak esa bor.
Flag SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2021
Dunyoda
AQSH Oʻzbekistonni “Demokratiya uchun” sammitiga taklif etmadi
Amerikaliklar hammani Afgʻonistonni tark etishi fakti bilan yuzma-yuz qilganida yevropaliklar yana bir bor oʻzlarining nochorligi va AQShga ulkan qaramligini achchiq his qilishdi. "Yevropa shubhasiz koʻproq narsani qilishga qodir boʻlishi kerak. Bizga kerak boʻlgan narsa - bu Yevropa Mudofaa Ittifoqidir", - dedi Yevrokomissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen oʻzining dasturiy nutqida.
Shu yilning may oyida Yevropa ittifoqining 14 davlati mudofaa vazirlari 5000 nafar askardan iborat qoʻshma tezkor harakat kuchlarini yaratishni taklif qilishgandi, oʻta ogʻir vaziyatlarda ulardan foydalanish uchun, masalan, Kobulda yevropaliklar AQSH yordamisiz oʻz vakillari va oddiy fuqarolarini evakuatsiya qila olmagan. Yagona harbiy kuchlar gʻoyasi birinchi marta Yevropada 1999 yilda muhokama qilingan. 2007 yilda tezkor jangovar guruhlarning kollektiv tizimi (1500 qoʻshin) shakllantirildi, ammo u hech qachon qoʻllanilmadi.
Istrebitel F-35 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.11.2021
Kolumnistlar
Oʻrta yer dengizidagi katta muvaffaqiyatsizlik: AQSH F-35 qiruvchisi qulab tushdi
Kelgusi yilning birinchi yarmida Bryusselda “Yevropa mudofaasi” sammiti oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Ammo, kim nima deyishidan qatʼi nazar, harbiy sohada kozirlar hali ham boshqa tashkilot - NATOning qoʻlida, uning shtab-kvartirasi Belgiya poytaxtida joylashgan.
Yaʼni, yana koʻp narsa AQShga bogʻliq. Hozircha Yevropa arboblari dadillik va fikrlarini yigʻmoqda, bu tashkilot bosh kotibi Yens Stoltenberg dekabr oyida Yevropa Ittifoqi va Shimoliy Atlantika alyansi oʻrtasidagi munosabatlarning yangilangan kontseptsiyasini taqdim etadi.
Stoltenbergning pozitsiyasi hammaga maʼlum: sentabr oyida Britaniyaning The Sunday Telegraph nashriga bergan intervyusida u Yevropa Ittifoqi qurolli kuchlari oʻzi yetakchilik qilayotgan blokni zaiflashtirishi va hatto “Yevropani boʻlib qoʻyishi” mumkinligini aytgan, birlashgan tezkor harakat kuchlari esa NATO ittifoqchilarining "kamtarona resurslari" buzish bilan tahdid qilmoqda.
Jiteli Sevastopolya vstretili amerikanskiy fregat aktsiyey protesta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.11.2021
Kolumnistlar
"Qonunni aldab": AQSH Qora dengizda oʻrnashib olish yoʻlini topdi
AQSH Yevropa ustidan harbiy nazoratni saqlamoqda. Yugoslaviya bombardimon qilingandan soʻng, bu nafaqat barcha huquq va meʼyorlarning buzish boʻlgan, balki Yevropaning oʻziga ham zarar yetkazdi, Bolqonda, Kosovoda Amerikaning eng yirik Bondstil harbiy bazasi paydo boʻldi. AQSH uzoq vaqtdan beri Kiyevni "oʻz ostiga" olib, yordamchi rol oʻynagan frantsuz va nemislarni chetga surib qoʻydi va endi ular Ukraina detonatori bilan oʻynashmoqda. Agar u yerda biror narsa yuz bersa, butun Yevropaga yaxshi boʻlmaydi.
Prezident Makron xorijdagi gegemonga shama qilib, “NATOning miyasi oʻldi” deb oʻzi xohlagancha dagʻallik qilishi mumkin edi, muammo boshqada – yevropaliklarning oʻzlarida kuch kam. Juda koʻp yutish va hazm qilishga toʻgʻri kelmoqda. Amerikaliklar avval “Shimoliy oqim-2”ni qurish yoki qurmaslik haqida buyruq berdi, keyin esa Yevropaga vaʼda qilingan suyultirilgan gaz bilan tankerlarni Janubi-Sharqiy Osiyoga joʻnatishdi, chunki bu ular uchun foydaliroq.
Natsionalnыy flag Ukrainы i flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2021
Kolumnistlar
“Dunyo seskanib ketadi”. Ukraina NATOga qoʻshilsa nima boʻladi
Baydenning yagona “yon berishi” bu faqat amerikaliklar Yevropadan yetkazib beriladigan alyuminiy va poʻlatga Tramp joriy etgan tariflarni olib tashlashga nihoyat rozi boʻlishi koʻrish mumkin. Aniqrogʻi, AQSH Yevropa poʻlat va alyuminiyga bojsiz importi uchun kvotani taqdim etdi, bu esa yevropaliklarga yillar davomida ikki baravar qisqartirilgan avvalgi yetkazib berish hajmlarini tiklash imkoniyatini beradi, biroq ularni oshirishga urinishlarga toʻsqinlik qiladi.
Bayden administratsiyasi tariflarni bekor qilishni oxirigacha choʻzdi. "Tuhfa" Rimda boʻlib oʻtgan G20 sammitida Yevropa Amerika mototsikl va viskiga import bojlarini ikki baravar oshirishi kerak boʻlganidan roppa-rosa bir oy oldin qilingan, bu esa har ikki tomonning yoʻqotishlarini deyarli tenglashtirdi. Shuni esda tutish kerakki, har bir "berilgan vitamin" uchun amerikalik kombinatorlar odatdagidek "koʻplab kichik xizmatlar"ni talab qiladi. Ular, birinchi navbatda, AQSH uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan Xitoy yoʻnalishida kerak boʻladi.
Amerikanskiy bronirovannыy avtomobil HMMWV - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.10.2021
Kolumnistlar
Ukrainaga AQSH qurollari yetkazib berildi: buyogʻi nima boʻladi?
“Ehtimol, biz baʼzi hamkorlar bilan hamkorlik qilishda dastlab juda sodda boʻlgandirmiz”, - dedi federal kantsleri lavozimidan ketayotgan Angela Merkel, Xitoy 2016 yilda Germaniyaning eng yirik savdo sherigi boʻlib, Germaniya iqtisodiyotiga barqaror oʻsish surʼatlarini taʼminlashga koʻmaklashgan. Sholts boshchiligidagi yangi koalitsiya hukumatiga allaqachon Tayvan, Gonkong va Shinjonga nisbatan Shimoliy Atlantikaning kun tartibi berildi. Ehtimol, bu trendga boʻysungan holda Germaniya oʻz iqtisodiy manfaatlariga zid ravishda Yevropa Ittifoqi va Xitoy oʻrtasidagi Investitsion bitimni ratifikatsiya qilishga qarshi boʻladi. AQShga alamli holat u 2020 yilda imzolangan, ammo uni ratifikatsiya qilish jarayoni Yevropa parlamenti muzlatdi.
London Amerika tashabbuslarini ilgari surishda Vashingtonning asosiy ittifoqchisi boʻlib qolmoqda. Bu yerda bir necha yil oldin Xitoy bilan qoʻshma loyihalarni qisqartirish boshlandi. Buyruq boʻyicha oʻzlarining samolyot tashuvchi kemasini Janubi-Sharqiy Osiyoga joʻnatildi. Hatto Tramp davrida britaniyaliklar Xitoyning Huawei kompaniyasi 5G tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha shartnomani rad etishdi. Buning evaziga nima olgani hanuz noaniq. Jonsonga AQSH bilan erkin savdo shartnomasi rad etildi. Brexit kelishuvi tufayli iqtisodiy jihatdan Buyuk Britaniyadan tashqarida boʻlib qolgan Shimoliy Irlandiya boʻyicha Yevropa Ittifoqi bilan kelishmovchilikda London AQShdan hech qanday yordam berilmadi. Britaniya vazirlar mahkamasi oʻzi imzolagan Irlandiya protokoliga rioya qilishga majbur, dedi bir necha marta kelib chiqishi irlandiyalik boʻlgan Jo Bayden.
Prezident SSHA Djo Bayden v Vostochnom zale Belogo doma  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Dunyoda
"Zoʻrgʻa yuribdi" - siyosatshunos Bayden reytingi nega tushib ketgani haqida
Donald Tramp Yevropani shunchalik qoʻrqitib yubordiki, ular uning vorisini oldindan izzat qilishni boshlashdi. London gazetalari endi boshqacha yozishmoqda. Britaniyaning eng mashhur gazetalaridan biri The Daily Mail ga koʻra, Amerika prezidentining sogʻligʻida jiddiy muammolar bor: "Bayden ikki marta miya anevrizmasidan aziyat chekdi ham yurak mushaklari bilan ham muammolarga duch keldi, bu bosh aylanishi va sarosimani keltirib chiqaradi." Biroz vaqt oʻtgach, xuddi shu nashr guvohlarning Britaniya taxti vorisi, Kornuol gertsoginyasi shahzoda Charlz bilan suhbatda "erkin dunyo lideri" havoni qanday buzgani haqidagi zavq bilan hikoya qildi: "Bu uzoq boʻldi va baland ovozda." Bu ish iqlim sammitida boʻlganligi sababli, "ular undan emissiyalarni kamaytirishni kutishgan ..." Tajribali Kamilla bildirmadi, Bosh vazir Jonsonning Bayden - bu "toza havoning katta qultumi" degan xushomadgoʻy soʻzlariga shubha qilmaydiku?
Uzoq vaqt oldin oʻrnatilgan munosabatlar tizimini buzmasdan chuqur nafas olishga toʻgʻri kelmoqda. Bayden yoki boshqasi - umuman, baribir. Bu yerda Amerikaning hozirgi prezidentining shaxsiy fazilatlari ikkinchi oʻrinda turadi: xijolatli holatdan qoʻrqmasdan u Yevropa jamiyatida hozircha koʻp narsani oʻziga ep koʻrishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala