Jamiyat

Daraxt ekish jarayoniga soxtalik bilan yondashgan masʼullar ishdan olindi - video

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishSajentsы derevyev dlya ozeleneniya
Sajentsы derevyev dlya ozeleneniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.11.2021
Koʻchat ekish jarayoniga soxtalik bilan yondashgan masʼullar ishdan olindi, tuman “mahalla” boʻlimi boshligʻiga “hayfsan” berildi.
TOSHKENT, 29 noya — Sputnik. Internetda bir qancha kishilar koʻchat ekish jarayonida soxtalik qilgani aks etgan video tarqaldi.
Davlat ekologiya qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, 26 noyabr kuni Namangan viloyati Pop tumani Sang qishlogʻi Bogʻ koʻcha mahalla fuqarolari yigʻini raisi boshchiligida Meros koʻchasida koʻchat ekish ishlari olib borilgan va aynan mahalla raisining koʻrsatmasi bilan koʻchat ekish jarayoniga soxtalik bilan yondashilgan.
Holat yuzasidan Bogʻ koʻcha mahalla raisi Qahramon Ochildiyev, mahalla raisining Obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari hamda ushbu hududga bogʻlangan mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi masʼul xodimi Mansurjon Akbarovlarga tegishli chora koʻrildi va egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi.
Mahallada olib borilgan koʻchat ekish ishlarini nazoratga olmaganligi uchun tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Erkinjon Asqarovga hayfsan eʼlon qilindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala