O‘zbekiston dzudochilari Abu-Dabidagi turnirda 2ta medal qo‘lga kiritdi

© Press-slujba NOK UzbekistanaDzudoist Davlat Bobonov
Dzudoist Davlat Bobonov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2021
Obuna bo‘lish
Abu-Dabidagi “Katta Dubulg‘a” turnirini o‘zbekistonlik dzudochilari 2ta medal bilan yakunladi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan “Katta Dubulg‘a” turnirida o‘zbekistonlik dzudochilari 2ta medalni qo‘lga kiritdi.
-73 kg vazn toifasida dzudochi Hikmatilloh To‘rayev musobaqaning kumush medali bilan taqdirlandi. Hikmatilloh musobaqadagi ishtirokini ikkinchi davradan boshladi va saudiyalik Abdulloh Hamadni ippon bahosi bilan taslim qildi.
© Press-slujba NOK UzbekistanaXikmatillo Turayev
Xikmatillo Turayev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2021
Xikmatillo Turayev
U chorak finalda tojikistonlik Somon Mahmadbekovni ham ippon bahosi bilan mag‘lub etdi. To‘rayev final chiptasi uchun kechgan bellashuvda London-2012 Olimpiadasining oltin, Rio-2016da kumush hamda Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida bronza medaliga sazovor bo‘lgan gruziyalik Lasha Shavdatuashvilidan ustun keldi. Bahs deyarli 10 daqiqa davom etdi.
Biroq, To‘rayev oltin medal uchun kechgan final bahsida mo‘g‘ulistonlik Sogtbaatar Send-Ochirga imkoniyatni boy berdi. Natijada To‘rayev Abu-Dabi “Katta Dubulg‘a” turnirining kumush medali hamda 700 reyting ochkosiga ega bo‘ldi.
Kechagi bahslarda tatamiga chiqqan sportchilardan birgina Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov muvaffaqiyatli ishtirok yetdi. U avvaliga ¼ finalda tojikistonlik Jahongir Majidovni qo‘shimcha daqiqalarda ippon bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratdi. Biroq, Bobonov yarim finalda rossiyalik Mansur Lorsanovga qarshi tatamiga chiqdi va qo‘shimcha daqiqalardagi vazari evaziga imkoniyatni boy berdi.
© AFP / JACK GUEZDzudoist Davlat Bobonov zavoyeval bronzovuyu medal na Olimpiyskix igrax v Tokio-2020
Dzudoist Davlat Bobonov zavoyeval bronzovuyu medal na Olimpiyskix igrax v Tokio-2020 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2021
Dzudoist Davlat Bobonov zavoyeval bronzovuyu medal na Olimpiyskix igrax v Tokio-2020
Bronza medali uchun kechgan bahsda esa Davlat fransiyalik Fransis Damiyerga qarshi tatamiga chiqdi va raqibini ippon bahosi bilan mag‘lubiyatga uchratdi. Bu g‘alaba evaziga Bobonov bronza medali bilan birga 500 reyting ochkosini ham qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, dzudo bo‘yicha mavsumning so‘nggi turnirida O‘zbekiston terma jamoa a’zolari bittadan kumush va bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
Yangiliklar lentasi
0