Iqtisod

Oʻzbekiston Qozogʻistonning “Agroekspress”da ishtirokini qoʻllab-quvvatladi

© Unsplash / AnirudhTovarnыy poyezd
Tovarnыy poyezd - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.11.2021
Oʻzbekiston Qozogʻistonning “Agroekspress”da ishtirokini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
TOSHKENT, 29 noya — Sputnik. Oʻzbekiston hukumati Qozogʻistonni “Agroekspress” loyihasi ishiga qoʻshilishdan manfaatdorligini bildirdi, deb xabar qildi respublika Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.
Jeleznodorojnыe puti sortirovochnoy stantsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.11.2021
Jamiyat
Rossiyadan birinchi “Agroekspress” poyezdi Toshkentga yetib keldi
“Oʻzbekiston tomoni yangi uzilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va boshqa tovarlarni muntazam va tez yetkazib berish uchun Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan “Agroekspress” loyihasida Qozogʻistonning ishtirokini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Oʻzbekiston-Qozogʻiston chegarasidagi nazorat punktlarining oʻtkazuvchanlik qobiliyatlarini oshirish boʻyicha ikki tomonlama chora-tadbirlar koʻrish muhimligi taʼkidlandi”, - deyilgan xabarda.
Birinchi “Agroekspress” 15 noyabr kuni Tambovdagi yuk stantsiyasidan muzlatkichli konteynerlarda Oʻzbekistonga yoʻl olgandi. Poyezd Toshkentga 25 noyabr kuni yetib keldi. U muzlatilgan tovuq goʻshtini yetkazib berdi. Agroekspress Rossiyaga Oʻzbekistondan meva-sabzavot yuki bilan qaytadi.
Agroekspress - bu Rossiya temir yoʻllari logistikasi va RETS kompaniyasining agrosanoat kompleksi yuklarini ekspress konteyner poyezdlari yordamida MDH mamlakatlariga, shuningdek, Xitoy va Turkiyaga yetkazib berish boʻyicha maxsus xizmati.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala