Iqtisod

Rossiya banki raisi oʻrinbosari Oʻzbekiston soʻmi dizaynini yuqori baholadi

© SputnikUzbekskiye dengi, 5000 sumov
Uzbekskiye dengi, 5000 sumov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.11.2021
Rossiya va Oʻzbekiston Markaziy banklari vakillari oʻzaro tajriba almashishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
TOSHKENT, 29 noya - Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy bankida Rossiya banki raisining oʻrinbosari Mixail Alekseyev bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda MB matbuot xizmati.
Uchrashuvd mehmon Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul belgilarini muomalaga chiqarish borasidagi yutuqlarini alohida taʼkidlab, mavjud kupyuralar dizaynini yuqori baholadi.
Shuningdek, soʻnggi yillarda Rossiya Federatsiyasida pul muomalasining asosiy koʻrsatkichlarini taqdim etdi. Xususan, Rossiyada chiqarilayotgan pul mablagʻlari va tangalar soni yil sayin ortib borayotgani qayd etildi.
Rossiya va Oʻzbekiston Markaziy banklari vakillari muhokama qilingan masalalar yuzasidan tajriba almashishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston va Rossiya savlo sotiq munosabatlari 5 mlrd dollarga yaqinlashgan. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrifi davomida yil oxirida ushbu raqam 7 milliarddan oshishi haqida aytib oʻtgan edi. Ushbu raqamlar ikki davlat orasidagi iqtisodiy munosabatlar oldin qayd etilmagan yuqori darajaga chiqayotganidan darak beradi.
Zdaniye Tsentralnogo banka Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.11.2021
Iqtisod
Markaziy bank migrantlar moliyaviy savodxonligini oshiradi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala