Hodisalar

Toshkentdagi yotoqxonada yongʻin yuz berdi: 18 kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Fotobankka oʻtishSotrudnik MCHS vo vremya tusheniya pojara
Sotrudnik MCHS vo vremya tusheniya pojara - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.11.2021
Sergeli tumani “Uzmill” MCHJ hududida ishchilar uchun joylashgan yotoqxonada yongʻin sodir boʻldi.
TOSHKENT, 29 noya — Sputnik. Bugun soat 05:05da Sergeli tumani Nilufar 3-tor koʻchasida “Uzmill” MCHJ hududida ishchilar uchun joylashgan yotoqxonada birlamchi maʼlumotga koʻra, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va buning oqibatida yongʻin sodir boʻldi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.
Pojarnыy MCHS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.11.2021
Hodisalar
Urgut tumanidagi xonadonda yongʻin sodir boʻldi
Voqea joyida 43 nafar ishchi boʻlgan, yongʻin oqibatida ulardan 18 nafari har xil turdagi kuyish tan jarohati bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirildi. Hodisa oqibatida halok boʻlganlar yoʻq.
Voqea sodir boʻlgan joyga 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 05:08da yetib borib, yongʻin soat 05:29da qurshab olindi va soat 05:43da batamom oʻchirildi.
Hodisa tafsilotlarini oʻrganish uchun Toshkent shahar prokurorining birinchi oʻrinbosari rahbarligida Toshkent shahar FVB, IIB, SSB, Hududgaz taʼminoti rahbarlaridan iborat tezkor tergov guruhi tashkil etilgan.
“Birlamchi maʼlumotga koʻra, havo-gaz aralashmasining chaqnashiga gaz quvurlarining nosozligi oqibatida xonaga gaz toʻplanishi sabab boʻlgan, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala