Kolumnistlar

AQSH esminetslari Ukraina uchun kurashishga tayyormi

© Foto : U.S. Navy/Petty Officer 2nd Class Austin IngramEsminets VMS SSHA Porter vo vremya dozapravki v Chernom more
Esminets VMS SSHA Porter vo vremya dozapravki v Chernom more - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.11.2021
Vashington va Kiyev tomonidan Rossiyaning "qishgi hujumi" haqida tajovuzkor dezinformatsiya tarqatilayotgan vaqtda, Bryussel, goʻyoki oʻlimning sovuq nafasini his qilgandek, "Ukraina frontidan" oʻzini olib qochdi.
Qoʻshma Shtatlar Ukraina ichida va Ukraina uchun, oʻz manfaatlariga va hududlariga zarar keltirmagan holda, Ukraina bilan birgalikda uki Ukraina uchun Rossiya bilan kurashga yetadigan texnologik imkoniyatga ega emas.
Pentagon va NATOning Ukraina (Gruziya, Moldova) qurolli kuchlari bilan birgalikda Chernomorsk hududida oʻtkazayotgan provokatsion harakatlari - kuch namoyishi emas, balki kuchsizlik, logistik, taktik va strategik zaifliklarini koʻrsatishdir.
AQSH Harbiy dengiz floti(HDF)ning USS Arleigh Burke raketa tashuvchi esminetsi (kichik, tezyurar harbiy kema) va boshqa kemalarining Qora dengizda olib borayotgan navbatchiligi - bu shunchaki Vashington tomonidan Rossiya suveren siyosatiga nisbatan soxta harbiy qudrat namoyishi bilan geosiyosiy taʼsir koʻrsatishga urinishdir.
Bu kulguli axir: yaqindagina Afgʻoniston toliblari tomonidan magʻlub etilgan AQSH harbiy koalitsiyasi va ularning yoʻldoshlari raketa va yadro quroliga ega boʻlgan Rossiyaga oʻz tartib- qoidalarini “kuch yoʻli bilan” oʻtkazmoqchi. Darvoqe, 26 noyabr kuni Qora dengiz flotining “Shuya” raketali kateri mashgʻulotlar vaqtida amerika esminetsini nishonga olishni mashq qilgan edi.
Moskva oʻzining barcha “hamkorlari” bilan oʻzaro manfaat, halol raqobatga asoslangan holda savdo-sotiq olib borish tarafdori. Ammo ular “dushman”ini har qanday uydirma bahonalar toʻqib harbiy kuch bilan bostirishga harakat qilishmoqda. Muayyan vaziyatlarda Rossiya Gʻarbning provokatsiyalariga keskin tarzda javob berishga majbur. AQSH va NATOning Qora dengizda, Rossiya Federatsiyasi chegaralari yaqinida, faolligining oshishi - Yevropa va Amerikada keng koʻlamdagi qurolli toʻqnashuvlar ehtimolini oshiradi.
AQSH HDFining 6 floti maʼlumotlariga koʻra, USS Arleigh Burke esminetsi 25 noyabr kuni “mazkur muhim xalqaro suv yoʻlida xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash” uchun “patrullik” qilishni boshladi. Eʼtiborlisi, mazkur yoʻl somalilik dengiz qaroqchilaridan mutlaq xoli. Qoʻshma Shtatlar va NATOning Qora dengizdagi faoliigi va ushbu jarayonga mintaqadagi boshqa davlatlarning ham jalb qilinishi - hech nima bilan asoslanmagan va Rossiya Federatsiyasining strategik barqarorligi hamda mintaqaviy xavfsizligiga rahna solmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi AQSH harbiy-dengiz kuchlari kemalarining Odessa va Batumiga borishi va u yerda qoʻshma manevrlar oʻtkazishi - vaziyatni beqarorlashtiruvchi omil va amerikaliklarning asosiy maqsadi - sobiq Ittifoq hududini (Ukraina va Gruziya)ni harbiy yoʻl bilan qoʻlga kiritish, deb hisoblaydi.
Ploщad Nezavisimosti v tsentre Kiyeva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.11.2021
Dunyoda
AQSH Ukraina masalasida Yevropa Ittifoqiga bosim oʻtkazmoqda - Rossiya tashqi razvedkasi
Rossiya Federatsiyasining Qora dengiz floti va Janubi harbiy okrugi kuchlari Amerika harbiy kemalarining harakatini toʻxtovsiz kuzatib turibdi va dushmanlik harakatlari kuzatilsa, (masalan, Rossiya chegalarini buzish) zudlik bilan javob berishga doimo tayyor.
Arleigh Burkeni dengizda suv usti va suv osti kemalari tomonidan, havodan esa qiruvchi-aviatsiya uchuvchilari tomonidan, quruqlikda esa potentsial dushmanni Qora dengiz flotining qirgʻoq radarlari ziyraklik bilan kuzatib turibdi.
Shunday qilib, AQShning NATOdagi hamkorlari bilan birgalikda Qora dengizdagi “dengiz harakati erkinligi” va “amerikancha eksklyuzivlik” shiori ostida oʻtkazilayotgan qoʻshma manevrlari - 24 soat davomida Rossiya raketa tizimlari nishoni ostida boʻlib oʻtmoqda.
Bryussel Kiyevga doʻst emas
AQSH harbiy kemalarining Qora dengizdagi vaqti-vaqti bilan manevrlar oʻtkazib turishi Vashington tomonidan Kiyev rejimini qoʻllab-quvvatlab turish belgisidan oʻzga narsa emas. Biroq, AQSH harbiy-dengiz kuchlari dengizlarning ayrim hududlarini Rossiyaga tegishli deb tan olmaydi va ana shunday hududlarda atayin mojaroli vaziyatlarni keltirib chiqarishga harakat qiladi.
Aviatsiyasi va dengiz flotining mamlakat qirgʻoqlari yaqinida Pentagon manevrlariga muqarrar ravishda faol qarshilik koʻrsatishi - Rossiya xavfsizligining muhim sharti boʻlib, AQSH harbiy-dengiz kuchlari faolligining oshishi bilan harbiy harakatlar ehtimoli ham ortadi.
Ayni paytda AQShning Yevropada Rossiya bilan “cheklangan” urush olib borish haqidagi xavfli illyuziyalari – NATO ittifoqchilari qoʻli bilan kartalardan qurilgan uy kabi parchalanib ketyapti. Vashington va Kiyev tomonidan Rossiyaning "qishgi hujumi" haqida tajovuzkor dezinformatsiya tarqatilayotgan vaqtda, Bryussel, goʻyoki oʻlimning sovuq nafasini his qilgandek, oldindan "Ukraina frontidan" oʻzini olib qochdi.
NATO bosh kotibi Yents Stolenberg 26 noyabr kuni tashqi ishlar vazirlarining Latviyada boʻlib oʻtgan sammitida “Rossiya kuchlarini Ukraina chegaralarida toʻplash” masalasi koʻrib chiqilishini, biroq jamoaviy mudofaa (NATO Nizomining 5-moddasi) hatto boshqa davlatlar tomonidan hujumga uchragan boʻlsa ham Ukrainaga taaluqli emasligini maʼlum qildi. Alyans Kiyevni “toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi”, ammo uni deb Moskvaga qarshi kurashmaydi.
Natsionalnыy flag Ukrainы i flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Dunyoda
NATO tufayli Ukraina oʻz yeridan ayrilib qolishi mumkin – UXX generali
Demak, Ukrainaning “tajovuzkor davlat” bilan tahminiy janglarida USS Arleigh Burke esminetsi va AQSH VMS 6- flotining boshqa kemalari Yevropa ittifoqchilarining himoyasisiz harkat qilishga majbur boʻladi. Yoki 2008 yil avgust oyida Gruziya agressiyasi vaqtida boʻlgani kabi, faqat siyosiy yordam berib turadi.
Amerika qarshi raketalarining Rossiya raketalarini yoʻq qilishi imkoniyatlari haqida Ukraina ancha boʻrttirib yuborgan. “Tomagavk” raketasining birinchi uchirilishi har qanday amerika kemasi uchun oxirgisi boʻlishi mumkin. Nima boʻlganda ham jang qisqa boʻladi. Chindan ham qurolli qarama-qarshilik boʻlgan taqdirda, “ittifoqdoshlarning hamkorligi” Rossiya tomonidan yuqori texnologiyali hujum ostida boʻladi.
Amerikaliklarning fikriga koʻra, AQSH harbiy-dengiz kuchlarining Rossiya chegalari yaqinidagi “tegib boʻlmas” raketa tashuvchi kemasi borligining oʻzi Moskvani qoʻrqitib qoʻyishi kerak. USS Arleigh Burke esminetsi jangovor axborotni boshqarish tizimi, PRO "Idjis" raketaga qarshi mudofaa tizimining tarkibiy qismlari bilan jihozlangan va 60 dan ortiq uzoq masofali “Tomogavk” qanotli raketalarini tashishga qodir. Ularning baʼzilari yadroviy kallaklarga ega. Shuningdek, kema bortida ASROC suv osti kemalariga qarshi raketalari va "Standart" zenit raketalarini olib yuradi.
Shunga qaramay, 6 flotdan ajralgan Arleigh Burke Qora dengiz operatsion maydonida hech qanday ahamiyatga ega emas. Rus dengizchilari va uchuvchilari bunday nishonlarni yoʻq qilishni "avtomatik darajagacha" mashq qilishgan. Arleigh Burke esminetsi tomonidan har qanday raketa qoʻllanishi Rossiya tomonidan AQSH hududida joylashgan qaror qabul qilish markazlariga javob zarbasi keltirib chiqarishi mumkin.
“Rus ayigʻi”ni uygʻotib yubormang
29 noyabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi yana bir bora “hamkorlar”ga ularning strategik zaifligini eslatib qoʻydi. Strategik raketa qurollarni qayta jihozlash dasturi doirasida 11 ming km masofaga zarba berishga qodir boʻlgan “Yars” qitʼalararo ballistik raketasining qayta jihozlash jarayoninni namoyish etildi.
Eslatib oʻtammiz, uch bosqichli “Yars” raketasi 4ta har birining quvvati 500 kilotonna va alohida nishonga yoʻnaltirish imkoniga ega boʻlganjangovar kallaklar bilan jihozlanadi. Rossiyada mobil va shaxta koʻrinishida ana shunday majmualardan 150 tasi bor. Yaʼni jami 600ta jangovor kallak.
“Sovet Ittifoqi admirali Gorshkov” fregati 29 noyabr kuni “Tsirkon” gipertovushli raketasi bilan yana bir bor muvaffaqiyatli uchib, 400 kmdan ortiq masofadagi dengiz nishoniga aniq zarba berdi. Bir kun avval esa Rossiyada ushbu raketalarni ommaviy ishlab chiqarish boshlangandi.
Oʻtgan hafta Qora dengizni USS Porter esminetsi tark etdi. Patrul chogʻida kema ekipaji Rossiya harbiy vertoleti bir necha daqiqa davomida yaqin atrofda aylanib yurganida vahimani boshdan kechirgan boʻlsa kerak.
Fregat Admiral Gorshkov provel uspeshnыy pusk raketы Tsirkon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
Kolumnistlar
Rossiyaning “Tsirkon” gipertovushli raketasi nimalarga qodir
Gʻarb kuzatuvchilari esa Ukraina harbiy qurilishining qashshoqligidan tushkunlikka tushgan. Ukraina Mudofaa vaziri Aleksey Reznikov avvalroq Berdyanskda yangi harbiy dengiz bazasining jadal surʼatlarda qurilayotgani haqida maʼlum qilgan edi. Biroq, CNN jurnalistlari bazani “yakunlash uchun hali koʻp ish qilish kerakligini” va “urushgacha ulgurmay qolish mumkinligini" tushinishdi.
Yaqinda Ukraina harbiy-dengiz kuchlari Amerikaning Baltimor shahridan “Fastov” va “Sumi” nomli "Island" tipidagi ikkita patrul katerlarini oldi. Tez orada ular qirgʻoq boʻylab “harbiy yurish”ni boshlaydilar (chunki ular yuqori ustuvorlikka ega emas).
Kiyevdagi jiddiy siyosiy notinchlik va davlat toʻntarishiga tayyorgarlik haqidagi mish-mishlarga qaramay, Qoʻshma Shtatlar va Ukraina Qurolli kuchlari Donbassni tozalash uchun zirhli brigada va havo-desant operatsiyasini tayyorlamoqda, ular "Dobassidagi rossiyaliklar" hujumlarni qaytarishni oʻrganmoqdalar, Odessa viloyatidagi "separatistlar qoʻzgʻoloni"ni bostirmoqchilar. Amerika-Ukrainaning bunday jangovar rejalari Yevropaga yaxshilik keltirmaydi.
Norvegiyaning "TV 2 Norge" nashri taʼkidlashicha: "Rossiya oʻz siyosiy maqsadlariga erishish uchun qoʻshimcha harbiy vositalardan foydalanishga, shuningdek, majburlov diplomatiyasiga oʻtishga tayyor ekanligini bildirmoqda". Aslida ham Moskva bunday rejalarini yashirmaydi.
The Wall Street Journal Rossiyaning Ukrainaga “bostirib kirishi” munosabati bilan Oq uyning “optimistik” va “pessimistik” ikkita stsenariysini eʼlon qildi - ammo barcha holatlarda Ukrainaning faqat oʻzi kurashadi. Kimdir yordam bergan taqdirda ham bu hech narsani oʻzgartirmaydi. Moskva chekinmaydi va hech qanday xarajatlar Ukraina va Gʻarbni Rossiya shartlarida tinchlikka majburlash uchun toʻsiq boʻla olmaydi. Shunga qaramay, Kiyevda ham ana shunday halokat takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslik AQSH va NATO qoʻshinlarining avgust oyida Qobulni tashlab ketganini unutmaslik kerak.
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkoning Telegram-kanaliga obuna boʻling
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala