Dunyoda

AQSH Ukraina masalasida Yevropa Ittifoqiga bosim oʻtkazmoqda - Rossiya tashqi razvedkasi

© SputnikPloщad Nezavisimosti v tsentre Kiyeva
Ploщad Nezavisimosti v tsentre Kiyeva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.11.2021
AQSH Ukraina masalasida Yevropa Ittifoqiga bosim oʻtkazmoqda, deb maʼlum qildi Rossiya tashqi razvedka xizmati.
TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. RF Tashqi razvedka xizmati (TRX) maʼlumotlariga koʻra, Buyuk Britaniya va AQSH emissarlari Kiyevda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari elchilari bilan uchrashuvda “Rossiyaning Ukrainaga yaqinlashib kelayotgan keng koʻlamli hujum va keyinchalik Rossiyaning Ukraina hududini bosib olishi haqidagi yolgʻon maʼlumotlarni manipulyatsiya qilish orqali vahimaga solishga uringan".
Ukrainskiye voyennoslujaщiye vedut ogon iz 152-mm pushki-gaubitsы D-20 na artilleriyskom poligone v sele Devichki Kiyevskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.11.2021
Rossiya
AQSH Donbassda qaytadan mojaroni qoʻzgʻatishga urinmoqda - RF tashqi razvedka rahbari
Amerika va Britaniya vakillari Yevropa Ittifoqi davlatlaridan Kiyev rejimini saqlab qolish uchun birdam yondashuvini koʻrsatishni qatʼiy talab qilishdi, deb xabar berdi TRX.
Yevropa vakillarini "bu mamlakatda misli koʻrilmagan korruptsiya, energetika infratuzilmasi eskirganligi va energiya narxining koʻtarilishi sharoitida" Ukrainaga muqobil manbalardan energiya olishda yordam berishga chorlashmoqda.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari elchilari sarosimaga tushib qolgan: ular "amerikaliklar va inglizlar agar Kiyev avantyuristlari Donbassga hujum qilishsa, Rossiyani barcha musibatlarga aybdor sifatida koʻrsatish uchun sunʼiy ravishda vasvasa qoʻzgʻatayotganini tushunishmoqda"
"Diplomatlar Ukraina hukumatining oʻzi Donetsk va Lugansk viloyatlarida keskinlikni qoʻzgʻatayotganini koʻrmoqda. Oʻzlari keskin muammolarga duch kelayotgan Yevropa Ittifoqi davlatlarida Ukrainaning korruptsion hukumatini boqishni istamaydi".
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala