Jamiyat

Moskva metro yoʻlovchilari eng koʻp Oʻzbekistonga qoʻngʻiroq qiladi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishZapusk tematicheskogo poyezda metro v chest 10-letiya gorodskix elektronnыx uslug Moskvы
Zapusk tematicheskogo poyezda metro v chest 10-letiya gorodskix elektronnыx uslug Moskvы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.11.2021
Moskva metrosi yoʻlovchilari eng koʻp Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Belarusga qoʻngʻiroq qiladi.
TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. Moskva metrosi yoʻlovchilari eng koʻp Oʻzbekiston, Armaniston, Qirgʻiziston, Belarus va Sloveniyaga qoʻngʻiroq qilishadi. Bu haqda RIA Novosti MTS kompaniyasi taqdim etgan tadqiqot maʼlumotlariga asosan xabar qildi.
Mujchina osuщestvlyayet denejnыy perevod - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Iqtisod
Rossiya banklari MDH davlatlariga telefon raqami boʻyicha pul oʻtkazishni boshlaydi
Tadqiqot natijalariga koʻra, xalqaro rouming qoʻngʻiroqlarining qariyb 90 foizi bu davlatlarga toʻgʻri keladi.
“Metro foydalanuvchilari tomonidan amalga oshirilgan xalqaro rouming qoʻngʻiroqlarining qariyb 90 foizi Oʻzbekiston, Armaniston, Qirgʻiziston, Belarus va Sloveniyaga toʻgʻri keladi. MTS abonentlari metrodan Bolgariya, Gretsiya, Italiya, Turkiya va Kiprga qoʻngʻiroq qilishadi. Moskva metropoliten yoʻlovchilari Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq va AQShga deyarli qoʻngʻiroq qilishmadi", - deyilgan xabarda.
Tahlillarga koʻra, Rossiyada telefon qoʻngʻiroqlarining oʻrtacha davomiyligi 1,5 daqiqa, xorijdagi qoʻngʻiroqlar esa qisqaroq - oʻrtacha 35 soniya. Statistika maʼlumotlarida uchta alohida holat mavjud - Avstriya va Armanistonga qoʻngʻiroqlarning davomiyligi oʻrtacha besh daqiqa, yoʻlovchilar esa Italiya bilan oʻrtacha 10 daqiqagacha gaplashdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala