Rossiya

Omikron: PTSR-testining amal qilish muddati 48 soat - Rospotrebnadzor

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishEkspress-testirovaniye na COVID-19 v aeroportu Vnukovo
Ekspress-testirovaniye na COVID-19 v aeroportu Vnukovo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.11.2021
PTSR-test amal qilish muddati 48 soat etib belgilandi.
TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. Koronavirus omikron-shtammining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib PTSR-testining amal qilish muddati 72 soat oʻrniga 48 soat etib belgilanadi, deb maʼlum qildi Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova.
Rospotrebnadzor ilmiy-tadqiqot instituti omikron shtammini aniqlash uchun test ishlab chiqdi.
Samolet v aeroportu Almatы. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.11.2021
Dunyoda
Qozogʻiston omikron shtamm tufayli bir qancha davlatlardan kirishni cheklaydi
Omikron shtammi olib kelinishi mumkin boʻlgan mamlakatlardan uchib kelgan fuqarolar uchun aeroportlarda bepul testdan oʻtish tashkil etildi.
“Omikron” mutatsiyalari uning kasallik yuqtirish xususiyatini oshiradi. Bu shtamm jiddiy tashvish uygʻotadi va darhol tekshirishni talab qiladi.
Rospotrebnadzor rahbarining soʻzlariga koʻra, omikron shtammi uchun avval joriy etilgan profilaktika choralari kuchda qoladi - emlash, qayta emlash, muloqotlarni qisqartirish va niqob taqish.
Rospotrebnadzor aholiga yangi yil taʼtillarini chet elga chiqmasdan uyda oʻtkazishni tavsiya qildi. Turli mamlakatlarda kiritilgan cheklovlar tufayli dam olish oʻrniga koʻplab, shu jumladan orqaga qaytish bilan bogʻliq boʻlgan muammolarga duch kelish mumkin.
Rossiyaga "omikron" aniqlangan davlatlardan kelganlar 14 kunlik karantinga ketishlari kerak boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala