Otabekov: omikron shtamm ikkinchi va uchinchi mamlakatlar orqali kirib kelishi mumkin

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZamnachalnika Slujbi sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obshestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov.
Zamnachalnika Slujbi sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obshestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2021
Obuna bo‘lish
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari O‘zbekistonga koronavirusning omikron shtammi kirib kelishini istisno qilmadi.
TOShKENT, 30 noya – Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov dunyoda koronavirusning omikron shtammi tarqalishi yuzasidan fikr bildirdi.
Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, viruslar oddiy, hujayrasiz organizmlar. Ularda o‘zgaruvchanlik yuzaga kelishi tabiiy hol. Masalan, hozirgacha koronavirusning qo‘zg‘atuvchisi, ya’ni SARS-CoV-2ning 7 mingdan ziyod mutatsiyaga uchragan shtammlari aniqlagan. Omikron ham shulardan biri.
“Biz yangi shtammning tarqalish o‘chog‘i bo‘lgan Janubiy Afrika davlatlari bilan bevosita aviatsiya aloqalari o‘rnatmagan bo‘lsak-da, ushbu kasallik ikkinchi va uchinchi mamlakatlar orqali O‘zbekiston hududiga kirib kelishi ehtimoli yo‘q emas”, - dedi Nurmat Otabekov.
Mutaxassis ushbu yangi shtamm uchun alohida protokol ishlab chiqish masalasini vaqt ko‘rsatishini qayd etdi.
Koronavirusning yangi shtammi tufayli davlatlar yana chegaralarini yopmoqda
“Shunga qaramay, mavjud diagnostika, davolash va profilaktika imkoniyatlaridan samarali foydalanish bu virus turiga qarshi ham natija beradi deb hisoblayman”, - deydi u.
Sanitariya-epidemiologik xizmati o‘rinbosari karantin bilan bog‘liq profilaktik choralar bekor qilinmaganini eslatgan. Otabekov odamlar tibbiy niqob taqish, ijtimioy masofa saqlash, antiseptik vositalardan foydalanish kabi oddiy qoidalarga ham yetarlicha amal qilmay qo‘yganidan afsus bildirgan.
“Yangi shtammning yurtimizga kirib kelishi va aholi o‘rtasida tarqalishining oldini olishda shunday profilaktik chora-tadbirlar juda muhim hisoblanadi. Eng asosiysi, jamoaviy immunitetni shakllantirish, ya’ni ommaviy emlanish ko‘rsatkichlarini oshirish orqali ham epidemiologik vaziyatni barqaror saqlab turish mumkin”, - deya ta’kidladi Otabekov.
Chunki vaksinalar SARS-CoV-2ning har qanday mutatsiyaga uchragan shtammida samara beradi. Hatto yangi shtammni yuqtirib olgan holatda ham barcha dozada emlanganlarda kasallik yengil va jiddiy asoratlarsiz o‘tadi.
“Yurtimizga koronavirusning turli shtammlari har safar xorijdan qaytgan fuqarolarimiz orqali kirib kelganini hisobga olsak, ayni kunlarda kasallik tarqalayotgan mamlakatlarga zarurat bo‘lmasa, vaqtincha bormaslikni tavsiya qilamiz”, - deya xulosa qildi Koronavirusga qarshi kurashish shtab a’zosi.
Koronavirus i planeta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2021
Koronavirusning omikron shtammi belgilari ma’lum qilindi
Yangiliklar lentasi
0