O‘zbek filmi Rossiyadagi kinofestivalning bosh sovriniga sazovor bo‘ldi

© AFP 2023 / ZAC BAILLIEJenshina s kolyaskoy na pritsele, Siriya
Jenshina s kolyaskoy na pritsele, Siriya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2021
Obuna bo‘lish
“Tutqunlik” filmi real voqealarga asoslangan bo‘lib, unda Yaqin Sharqdagi urush o‘chog‘idan o‘zbekistonliklarni qaytarilishi aks ettirilgan.
TOShKENT, 30 noya – Sputnik. “Tutqunlik” badiiy filmi Rossiyada bo‘lib o‘tgan “Volokolamskiy rubej” harbiy-vatanparvarlik kinofestivalida “Gran-pri” bosh sovrini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Film Rashid Malikov rejissorligida suratga olingan.
“Tutqunlik” filmi real voqealarga asoslangan bo‘lib, unda Yaqin Sharqdagi urush o‘chog‘idan o‘zbekistonliklarni qaytarilishi aks ettirilgan. 2019-2020 yillar o‘tkazilgan mazkur “Mehr” operatsiyasi prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan.
“Film g‘oyasi 2020-yilning yoz oylarida tug‘ildi. “Mehr” operatsiyasi bu ulkan insonparvarlik harakatlari bo‘lib, uni insonlarga ko‘rsatish lozim”, - deydi film rejissori Rashid Malikov.
“Tutqunlik” kinokartinasi yaqinda Turkiyaning “Korkut Ata” xalqaro kinofestivalida ham ishtirok etib, hakamlar hay’atining maxsus sovriniga sazovor bo‘lgan edi.
“Volokolamskiy rubej” kinofestivali 2004-yildan buyon Ikkinchi jahon urushida katta jang maydoniga aylangan Rossiyaning qadimiy Volokalamsk shahrida o‘tkazilib kelinadi. Unda harbiy-vatanparvarlik mavzusida suratga olingan badiiy va hujjatli filmlar saralab olinadi.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda may oyida “Mehr-1” insonparvarlik operatsiyasi doirasida 156 nafar o‘zbekistonlik, asosan, ayollar va bolalar Suriyadan qaytarilgan edi. Keyinchalik “Mehr-2" operatsiyasi amalga oshirilib, Iroqdan 64 nafar o‘zbekistonlik bola mamlakatga olib kelindi. O‘tgan yil dekabr oyida “Mehr-3” doirasida yana 98 nafar o‘zbekistonlik ayollar va bolalar Vatanga qaytarildi. Aprel oxiridagi “Mehr-5” doirasida esa Yaqin Sharq va Afg‘onistonning notinch hududlardan 93 nafar ayollar va bolalar olib kelindi.
Yangiliklar lentasi
0